From Wikipedia, the free encyclopedia
Ma Long (1988-yil 20-oktyabrda tugʻilgan) – xitoylik professional stol tennischi, olti karra Olimpiya va uch karra jahon chempioni. Yakkalik bahslarida amaldagi jahon chempioni[1]. Barcha davrlarning eng buyuk stol tennischisi sifatida eʼtirof etilgan[2][3][4]. 2016 va 2020-yillarda erkaklar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida Olimpiada oltin medali sovrindori sifatida „Katta dubulgʻa“ turnirida karerasini yakunlagan ilk va yagona erkak stol tennischi[5]. Sportchi, shuningdek, Yozgi Olimpiada oʻyinlarida jami 6 ta oltin medalni qoʻlga kiritgan birinchi va yagona stol tennischi hisoblanadi. Boshqa hech bir tennischisi ushbu oʻyinlarda toʻrttadan ortiq medalni qoʻlga kiritmagan[6]. Ma Long xitoylik sportchilar orasida Yozgi Olimpiada oʻyinlarining 6 ta oltin medalini qoʻlga kiritgan yagona sportchi hamdir[7]. Ma Long jami 64 oy davomida (shuningdek, 2015- yilning mart oyidan boshlab ketma-ket 34 oy davomida) stol tennisi tarixida erkaklar reytingida eng uzoq muddat davomida 1-oʻrinni egallab turgan[8]. Qolaversa, sportchi 2015, 2017 va 2019-yillarda erkaklar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida ham jahon chempioni boʻlgan. Xalqaro stol tennisi federatsiyasi tomonidan Ma Longga „Diktator“ va „Ajdaho“ (ushbu nom sportchining ismi – Long soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, uning muchal yili yaʼni ajdar yilini bildiradi) nomlari berilgan. 2014-yildan beri stol tennisi boʻyicha Xitoy milliy terma jamoasi sardoridir. 2024-yil avgust oyi holatiga koʻra, Ma Long ITTF reytingida 6-oʻrinda turadi.
Ma Long | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | Xitoy |
Turmush oʻrtogʻi | Xia Lu |
Oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo va Jahon chempionatlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan Ma Long 2006-yilda 17 yoshida Bremen jahon chempionati jamoaviy bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritganidan eng yosh jahon chempioniga aylandi[9]. Sportchi Qin Zhijian qoʻl ostida sport faoliyatini olib borishidan oldin Wang Hao va Xitoy terma jamoasi sobiq murabbiyi Ma Kai Xuandan stol tennisi koʻnikmalarini olgan. 22 yoshga toʻlgunga qadar sportchi turli musobaqalarda yakkalik bahslarida yuqori muvaffaqiyatlarga erishgan. Umumiy hisobda 11 ta ITTF World Tour finaliga chiqqan va shulardan 8 tasida gʻalaba qozongan. 2 marta Osiyo Kubogi va World Tour Grand Finallarida gʻolib boʻlgan. Shuningdek, 2 marta Osiyo chempionati final bosqichiga chiqqan (2007-yilda sobiq murabbiyi Wang Haoga yutqazgan, biroq 2009-yilda sportchini magʻlubiyatga uchratgan). Bundan tashqari, Xitoy milliy oʻyinlari va Xitoy chempionati finaligacha yetib borib, har ikkala bahsda ham Wang Haoga magʻlub boʻlgan. 2010–2012-yillar davomida dunyoning 1-raqamli tennischisi boʻlishiga qaramay, ITTF World Tourdagi 560 kunlik gʻalabali seriyasidan soʻng reytingda vaqtincha pasayib ketgani sababli 2012-yilgi Olimpiada oʻyinlarida Xitoy terma jamoasi nomidan oʻyinlarda ishtirok etish uchun tanlab olinmagan. Sportchi Osiyo Olimpiya saralash turnirida 6-oʻyinda yaponiyalik Koki Niwa tomonidan, keyinchalik 2012-yilgi Koreya ochiq chempionatida Lee-Sang-suga 4:1 hisobida magʻlub boʻlgan. Olimpiadada ishtirok etuvchi sportchilar ITTF Jahon reytingi asosida saralab olinganligi sababli Ma Long dunyo reytingida 1-oʻrinda turgan boʻlishiga qaramay, yakkalik bahslarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kirita olmagan.
Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Liu Guoliangning taʼkidlashicha, Ma Long eng yaxshi tennischilardan biri boʻlish uchun barcha imkoniyat va qobiliyatlarga ega, biroq yirik xalqaro musobaqalarda bosim ostida oʻyin olib borish uchun kuchli ruhiy tayyorgarlikka ega emas. Buni sportchining 2008 va 2009-yilgi Jahon chempionati yarim finalida Timo Boll va Vladimir Samsonovga, shuningdek, ketma-ket 3 ta jahon chempionatining (2009, 2011, 2013) yarim finalida Wang Haoga magʻlub boʻlgan oʻyinlarida (4:1, 4:2, 4:2) koʻrish mumkin. Sportchining ITTF World Tour va ichki musobaqalardagi ishtiroki muvaffaqiyatli boʻlgan boʻlsa-da, dastlabki 4 ta jahon chempionatlarida finalga chiqa olmagan.
2013-yilda oʻtkazilgan Jahon chempionatida Wang Haoga uchinchi magʻlubiyatidan soʻng, Ma Long ushbu yilni muvaffaqiyatli oʻtkazdi. Sportchi ikkita Xitoy ochiq chempionatida (finalda Wang Haoni, keyin esa Xu Xinni magʻlub etdi), Osiyo chempionatida (3-marta) va Xitoy milliy oʻyinlarida Fan Zhendongga qarshi bahsda toʻliq ustunlikni qoʻlga kiritdi. Biroq Xu Xin Ma Longni yil oxirida oʻtkazilgan ITTF World Tour Grand Final bahsida 4:3 hisobida magʻlub etdi. 2014-yilning mart oyida Fan Zhendongni magʻlub etgan holda toʻrtinchi bor Osiyo kubogini qoʻlga kiritdi. 2014-yilgi Jahon chempionatida birorta ham oʻyinda magʻlubiyatga uchramadi. Germaniya terma jamoasiga qarshi final bahslarida oʻyinchi dastlabki oʻyinda Timo Bollni, yakuniy hal qiluvchi bahsda esa Dimitrij Ovtcharovni magʻlub etdi va musobaqaning eng yaxshi oʻyinchisi sifatida Victor Barna mukofoti bilan taqdirlandi. Keyinchalik, 5-marta Xitoy ochiq chempionati gʻolibligini qoʻlga kiritdi. Ma Long oʻzining jamoadoshi Zhan Jike bilan dastlab 2014-yilning oktyabr oyida Düsseldorfda oʻtkazilgan Katta dubulgʻa turnirida bahsga kirishgan. Dastlab 3:2 hisobida oldinda borayotgan boʻlsa-da, bahs oxirida raqibi oʻyin tizginini qoʻlgan olgan holda, Ma Longni 12:10 hisobida magʻlubiyatga uchratgan. Noyabr oyida Xitoy milliy chempionati finaliga chiqqan, biroq Fan Zhendongga 2:4 hisobida magʻlub boʻlgan va yilni muvaffaqiyatsiz yakunlagan.
2015-yilga kelib, Quvayt ochiq turnirida gʻalaba qozondi[10], finalda Xu Xinni 4:1 hisobida magʻlub etdi. Zhang Jikega qarshi bahsda 3:1 hisobidagi alamli magʻlubiyatidan keyin Germaniya ochiq chempionatidagi shiddatli final bahsida gʻalaba qozondi. Ammo sportchining eng katta gʻalabasi 2015-yilgi Jahon chempionatida qayd etildi. Musobaqada Ma Long final bahsiga qadar hech bir oʻyinchiga bir partiyadan ortiq magʻlub boʻlmadi. Final bahsida esa Fang Boni 6 partiyada magʻlubiyatga uchratdi[11]. Ushbu musobada sportchi oʻzining eng yaxshi natijasini qayd etdi, Ma Longning bundan oldingi yakkalik bahslaridagi eng yaxshi natijasi 2012-yilgi Jahon chempionati edi. Yaponiya ochiq chempionatida Shang Kunga 4:1 hisobida yutqazgan Ma Long Xu Xin ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozonib, 6-marta Xitoy ochiq chempionatida gʻalaba qozondi. Sentyabr oyida Fan Zhendong va Bayi ustidan gʻalaba qozongan holda Xitoy Superligasi chempionligini ham qoʻlga kiritdi. Oʻyinlarda olgan jarohatlari uning Osiyo chempionatida qatnashishiga xalaqit berdi, biroq shunday boʻlsa-da Ma Long oktabr oyida Halmstadda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etdi. 1/8 finalda Omar Assarga magʻlubiyatidan tashqari musobaqada boshqa hech bir oʻyinda magʻlub boʻlmadi. Bu esa uning raqiblariga turnirning qolgan qismida har bir setda oʻrtacha 6 ochko toʻplash imkonini berdi. Yilning soʻnggida jarohatlar tufayli 2 ta Jahon turnirlarida ishtirok eta olmadi. Biroq shunday boʻlsa-da, 3 ta Jahon turnirlarida gʻolib boʻlganligi bois World Tour Grand Finalda yana 1-oʻrinni egalladi. Finalda yana Fan Zhendong bilan toʻqnash keldi va oʻyinning oxirgi partiyasida 11:9 hisobida gʻalaba qozondi. Umumiy hisobda 3:2 hisobida (oʻyin boshida 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi) gʻalaba qozondi. 2015-yilda Ma Long bor-yoʻgʻi 1 ta xalqaro musobaqani, umumiy hisobda esa 5 oʻyinni boy bergan.
Ma Long 2016-yil yanvar oyida Germaniya ochiq chempionatida gʻolib chiqqan. Oʻyinchi finalga qadar birorta magʻlubiyatsiz oʻyin oʻtkazgan va finalda Vladimir Samsonovni 4:1 hisobida magʻlub etgan. 2016-yilda Kuala-Lumpurda oʻtkazilgan Jahon chempionatida Yaponiyaga qarshi jamoaviy bahslarda ishtirok etgan va Xitoy terma jamoasining gʻalabasiga oʻz hissasini qoʻshgan. Shu orqali sportchi ketma-ket 3 ta jahon chempionati jamoaviy bahslarida magʻlubiyatsiz oʻyin oʻtkazgan. Mart oyida Ma Long Quvayt ochiq turniri finaliga chiqqan, ammo finalda 2016-yilgi Chinaʼs Trials oʻyinlarida sportchini 5:4 hisobida magʻlubiyatga uchragan Zhan Jike tomonidan 4:1 hisobida magʻlubiyatga uchratilgan. Biroq oradan bir hafta oʻtgach, jamoadoshi Fan Zhendongni 5 ta oʻyinda magʻlub etib, Qatar ochiq turnirida gʻalaba qozongan. Shu orqali ITTF World Tour yakkalik musobaqalarida eng koʻp chempionlik unvonini qoʻlga kiritgan sportchi Wang Liqindan oʻzib ketgan. Aprel oyida Osiyo olimpiya saralash turnirida Zhjang Jike va Fan Zhendonglarni magʻlub etib, toʻgʻridan-toʻgʻri Rioda oʻtkaziladigan Yozgi Olimpiada oʻyinlari yakkalik bahslariga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan. Shundan soʻng Ma Long iyun oyining oʻrtalariga qadar boshqa birorta xalqaro musobaqalarda ishtirok etmaganiga qaramay, jahon reytingida birinchilikni saqlab qolgan. Biroq keyinchaliik ikki hafta ichida Xu Xin sportchini ikki marotaba, dastlab Yaponiya ochiq turniri yarim finali 6-oʻyinida va Koreya ochiq turniri finalida magʻlub etgan. Sportchi oʻsha vaqtda 2012-yildan beri xalqaro miqyosda eng qisqa vaqt oraligʻida 2 marotaba magʻlubiyatga uchragan[12].
Ma Long Nankin shahridan boʻlgan Xia Lu bilan oila qurgan[13]. 2017-yil 10-dekabrda Sina Weibo ismli o'g'il farzand ko'rishgan[14].
Ma Long, shuningdek, jamoadoshi Lie Shiwen bilan yaqin do'st bo'lib, 2019-yilgi jahon chempionatida Liu Shiwenning g'alabasidan xursand bo'lib yig'lagan[15].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.