O'zbekiston avtomobil ishlab chiqaruvchisi From Wikipedia, the free encyclopedia
JV Man Auto-Uzbekistan — Oʻzbekiston-Olmoniya qoʻshma korxonasi. MAN rusumli yuk mashinalari ishlab chiqaradi. 2009-yilda Oʻzavtosanoat va MAN shirkatlari o'rtasidagi kelishuvga binoan tashkil topgan. Kelishuv Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov va MAN bosh direktori Hokan Samuelsson tomonidan imzolangan. Zavodi Samarqandda joylashgan[1][2][3][4][5]. Korxonaning barqaror faoliyat korsatishi uchun barcha ishi-xizmatchilar nemis tilini oʻrganishgan va nemis mutaxassislari tomonidan oʻqitilganlar. 2009-2012-yillar davomida yuk avtomobillari Samarqand avtomobil zavodida ishlab-chiqarildi[6]. 2012-yilda Jomboy tumanida MAN avtomobil zavodi qurib bitkazildi[7]. Rejaga koʻra, zavod yiliga 500dan 1500 donagacha yuk mashinalari ishlab chiqarishi kerak edi[8][9]. Yuk mashinalari MDH mamlakatlariga ham eksport qilinadi[10].
Vebsayti | www.man-avto.uz |
---|
Turi | Model |
---|---|
Ogʻir yuk mashinalari | TGS 19.360, TGS 19.400 (Standart / Comfort), TGS 26.400 (Medium / ADR), TGS 33.480, CLA 18.280[11] |
Samosvallar | CLA 18.280, CLA 26.280, TGS 33.360, TGS 41.400, TGS 40.400[12] |
Beton aralashtirgichlar | CLA 18.280, CLA 26.280, TGS 33.360, TGS 41.400[13] |
Suv tashgichlar | CLA 18.280[13] |
Avtogudronator | CLA 18.280[13] |
Avtokran | CLA 26.280[13] |
Kran-boshqaruvchi | CLA 16.220[14] |
Axlat tashuvchi | CLA 16.220[15] |
Suv sepuvchi | CLA 18.280[16] |
Pritseplar, yarim-pritseplar | barcha turdagi pritseplar[17] |
Furgonlar | barcha turdagi furgonlar[18][19] |
2009 | 100 dona |
2010 | 480 dona |
2011 | 658 dona |
2012 | 1016 dona |
2013 | 1300 dona |
2014 | 1400 dona |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.