From Wikipedia, the free encyclopedia
Luara (fransuzcha: Loire) — Fransiyadagi eng uzun dare. Uzunligi 1012 km, havzasining maydoni 115 ming km². Savenna togʻlaridan boshlanib, Markaziy Fransiya massivi va Luara pasttekisligidan oqadi va Atlantika okeanining Biskay qoʻltigʻiga estuariy hosil qilib quyiladi. Asosiy irmoqlari: Alye, Sher, Vyenna (chapdan). Oʻrtacha suv sarfi 800 m³/sek. Yomgʻir va qor suvlaridan toʻyinadi. Suvi fevral va mart oylarida koʻpayib, avgust va sentabr oylarida kamayadi. Roan shahrigacha kema qatnaydi. Kanallar orqali Reyn, Sena, Sona daryolari bilan bogʻlangan. L. daryosi sohillarida Orman, Tur, Nant shaharlari, estuariysida — Sen-Nazer porti joylashgan. L. vodiysida 15—16-asrlarda qurilgan koʻplab qasrlar saqlangan.[1]
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.