From Wikipedia, the free encyclopedia
London fond birjasi (inglizcha: London Stock Exchange) Yevropadagi eng qadimgi fond birjalaridan biri va dunyodagi eng mashhur qimmatli qogʻozlar bozorlaridan biridir. London fond birjasining oʻzi aktsiyadorlik jamiyati hisoblanib, uning aksiyalari shu yerning oʻzida sotiladi.[1]
Rasman London fond birjasiga 1801-yilda asos solingan, lekin aslida Angliyada qimmatli qogʻozlar savdosi tarixi 16-asrdan boshlangan.[2] Oʻz kapitali bilan Xitoyga qimmat sayohatlarni moliyalashtirish imkoniga ega boʻlmagan Britaniya kompaniyalari Antverpendagi xuddi shunday modelga amal qilgan holda, kompaniya kelajakdagi foydasi ulushiga ega boʻlish evaziga oltin yigʻishdi.[3]
1687-yilda Londonda oʻn beshta kompaniya oʻz qimmatli qogʻozlari bilan savdo qilardi. 1695-yilda allaqachon 150 ga yaqin kompaniya mavjud edi.[4] Pirovardida, ushbu aksiyalarning kichik bir qismigina faol sotildi, koʻplab kompaniyalar esa yaroqsiz boʻlib chiqdi. 1690-yillardagi Angliyaning IPO pufagini baʼzan 1990-yillardagi dot-kom pufagi bilan tenglashtiriladi.
London fond birjasining asosiy indeksi 1984-yilning 3 yanvarida ishga tushirilgan FTSE100 hisoblanadi. U London fond birjasida kotirovkaga ega boʻlgan, eng koʻp kapitallashgan birinchi yuztalikdagi kompaniyalarni birlashtiradi.[5] 2020-yilda London fond birjasining umumiy daromadi 2124 million funt sterlingni tashkil etdi (2019-yilda 2,056 million funt sterling).[6] 2021-yilgacha xalqaro birja savdolarining qariyb 50 foizi London fond birjasiga toʻgʻri kelgan. 2021-yilda London fond birjasidagi aksiyalarning oʻrtacha kunlik aylanmasi 8,6 milliard yevroni tashkil qildi.[7]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.