Lola Badalova (1928-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR — 25-sentyabr 1991-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbek aktrisasi, dublyaj artisti. Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist[1][2].

Qisqa faktlar Tavalludi, Vafoti ...
Lola Badalova
Thumb
Tavalludi 1928-yil
Vafoti 25-sentyabr 1991-yil(1991-09-25)
(63 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktrisa
Yoʻnalish Teatr va kino aktrisasi
Mukofotlari
Yopish

Hayoti va taʼlimi

Lola Badalova Toshkent shahrida tugʻilgan. U oʻrta maktabni tamomlaganidan keyin 1945-yilda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi qoshidagi kino aktyori maktab-studiyasini ham bitirgan. Keyinchalik A.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (hozirgi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti)ga oʻqishga kiradi va uni 1951-yilda „Dramatik teatr va kino aktyorligi“ yoʻnalishi boʻyicha yakunlagan[1].

Faoliyati

Lola Badalova aktrisalik faoliyatini 1946-yilda Hamza nomidagi davlat drama teatridan boshlagan. Ushbu teatr sahnasida yuzga yaqin rollarni ijro etgan[1].

Kinodagi faoliyati Nabi Gʻaniyev rejissyorlik qilgan „Tohir va Zuhra“ (1945-yil) filmidagi epizodik roldan boshlangan. Ilk katta roli G.Kozintsev va L.Trauberglar rejissyorligidagi „Boʻron“ filmida Lola roli boʻldi.

Manbalar

Havolalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.