Logistika

From Wikipedia, the free encyclopedia

Remove ads
Remove ads

Logistika (yun. logistike – hisoblash, muhokama sanʼati) – 1) matematik mantiq tushunchasining sinonimi; 2) B. Rassel va uning maktabi vakillarining asarlarida bayon etilgan matematik mantiq taraqqiyotidagi bosqichning nomi. Nazariy matematikaga qarama-qarshi qoʻyiladigan hisoblash va geometrik oʻlchovlar „sanʼati“ qadimiy matematikada L.deb atalgan. G. V. Leybnits „L.“ va matematik mantiq terminlarini oʻzi ishlab chiqqan xulosa chiqarishdagi hisobning sinonimi sifatida qoʻllagan. Uning gʻoyalari hozirgi zamon matematik mantiqda oʻzining toʻliq ifodasini topgan. „L.“ tushunchasi logistik metod (formal mantiqni formallashtirilgan tillar nazariyasi yordamida bayon etish usuli), logistik tizim (formal tizim) va boshqa maʼnolarni ham anglatadi. Logistikaning asl maqsadi kam xarajat qilib, koʻp foyda olish va yetarli natijaga erishishdir[1].

Remove ads

Manbalar

Loading content...
Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads