From Wikipedia, the free encyclopedia
Lisa Ketrin Evans (1992-yil 21-mayda tugʻilgan[1], Pert, Teysayd) — shotlandiyalik futbolchi, «Arsenal» klubining qanot himoyachisi, «Vest Xem Yunayted» jamoasida ijara asosida oʻynaydi.
Evans Pertda Richard va Keyt oilasida tugʻilgan. Yoshligida Evans mahalliy Sent-Jonston Qizlar jamoasining futbolchisi boʻlib, u yerda boʻlajak jamoadoshi Lana Klelland bilan oʻynagan.
2008-yil avgust oyida Evans Shotlandiya Premer-ligasidan Glazgo City jamoasiga qoʻshildi[2]. U dastlab 100% rekord bilan ikkinchi divizionda gʻolib chiqqan klubning zaxira jamoasida oʻynay boshladi. U 2009-yilda asosiy jamoada debyut qilgan[3]. Evans, shuningdek, Stirling universitetida Shotlandiya futbol assotsiatsiyasining Ayollar milliy futbol akademiyasi stipendiyasini birinchi sohibalaridan biri edi[4]. Evans sport fanini oʻrgangan[5].
«Glazgo City»dagi faoliyati davomida klub toʻrt marta Milliy chempionlar (2009-yildan 2012-yilgacha), ikki marta Liga kubogi (2009, 2012) va uch marta Shotlandiya kubogi (2009, 2011 va 2012) sohibi boʻlgan. Evans shuningdek 2011-yil Glazgo shahridagi yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi mukofotini oldi[6]. U birinchi marta UEFA Chempionlar ligasining 1/8 finaliga chiqqan jamoaning bir qismiga aylanib ulgurgan edi. Evans Glazgoni 39ta liga oʻyinida 46 gol urganidan keyin tark etdi.
2012-yil fevral oyida Germaniyaning Turbine klubi Evansni UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi doirasida Glazgo City bilan toʻqnash kelgan oʻyinda koʻrganidan keyin uni sinovga taklif qildi[7][8]. 2012-yil 12-iyunda u Potsdam jamoasi bilan professional shartnoma imzoladi[9][10]. Oʻsha yilning dekabr oyida Evansning shartnomasi yana ikki yilga uzaytirildi[11]. «Turbine» bilan birinchi mavsumida Evans jamoaga Bundesligada ikkinchi oʻrinni egallashga va Germaniya kubogi finaliga chiqishga yordam berdi. U muntazam mavsumda 41 ta oʻyin oʻtkazib, 7 ta gol urganidan keyin Potsdam klubini tark etdi.
2015-yil aprel oyida Evans «Bavariya» bilan uch yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi[12][13][14]. Birinchi mavsumida u jamoa bilan Bundesligada gʻolib chiqdi va keyingi yili ular kumush medallarni qoʻlga kiritdi. Jamoa shuningdek, 2015/16-yilgi mavsumda UEFA ayollar oʻrtasidagi Chempionlar ligasining 1/16 finaliga va 2016/17-yilgi mavsumda chorak finalga qadar yetib borgandi[15]. «Bavariya»dagi faoliyati davomida Evans oddiy mavsumda 32 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.
2017-yil 29-iyunda Evans «Arsenal» bilan shartnoma imzoladi[16]. Jarohatlar va oʻz pozitsiyasi uchun raqobat tufayli, murabbiy Jo Montemurro baʼzida Evansni burchak himoyachisi sifatida maydonga tushirgan. 2018-yilning dekabrida u klub bilan shartnomasini uzaytirdi. «Arsenal»dagi birinchi mavsumida Evans ligada 18 ta oʻyin oʻtkazdi va ikkita gol urdi, Liga kubogida gʻalaba qozondi va Angliya kubogi finaliga chiqdi. 2019-yil 31-mart kuni Evans klubdagi 50-oʻyinini «Birmingem Siti»ga qarshi oʻtkazdi. 2020-yil 26-sentabrda Evans Angliya kubogida «Tottenxem»ga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etdi[17].
Evans 2021-yilning avgustida «Vest Xem Yunayted»ga ijaraga berilgan[18].
2011-yilning oktabr oyida Evans Shotlandiya terma jamoasida Uelsga qarshi oʻyinda debyut qildi. 2012-yil fevral oyida Evans Belfastda Shimoliy Irlandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (5:1) oʻzining birinchi xalqaro golini kiritdi[19].
Evans 2015-yilgi jahon chempionati saralash bosqichida Shotlandiya terma jamoasi safida uchta gol urdi. Shotlandiya saralash guruhida ikkinchi oʻrinni egalladi va pley-offga yoʻl oldi keyinchalik Gollandiyaga magʻlub boʻldi.
2017-yilda Shotlandiya birinchi marta Yevropa chempionatiga yoʻllanma oldi. Evans Shotlandiya terma jamoasining final turnirida ishtirok etadigan tarkibiga kiritilgandi, u yerda Lisa barcha guruh oʻyinlarida ham ishtirok etdi. Shundan soʻng shotlandlar oʻz guruhida birinchi oʻrinni egallagan JCh-2019 saralash bosqichi oʻtkazildi. 2019-yil 15-may kuni Evans turnirning final bosqichi uchun terma jamoaga roʻyhatiga kiritildi[20][21].
Shotlandiya terma jamoasining Angliyaga qarshi jahon chempionatidagi ilk oʻyinida Evans Kler Emsliga golli uzatmani taqdim etdi va u Shotlandiyaning turnir tarixidagi ilk golini kiritdi.
Evans Londonning shimolida dugonasi, Arsenal va gollandiyalik futbolchi Vivianne Midema bilan yashaydi.[22][23] 2021-yilda We Play strong kanalida u onlayn kursda «Sport, salomatlik va fitnes» mutaxassisligi boʻyicha sirtqi tahsil olayotganini maʼlum qilgan.
2021-yil noyabr oyida Evans va Midema «Common Goal» xayriya harakatiga qoʻshilib, ish haqining 1 foizini yoshlar bilan ishlaydigan jamoat tashkilotlariga xayriya qilishdi. Evansning aytishicha, u va Miedema maydondan tashqarida baxtli va konstruktiv odamlar boʻlishni xohlaydi. Umumiy maqsad futbol orqali jamoaviy va barqaror oʻzgarishlar uchun ideal platformaga erishish.[24]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.