From Wikipedia, the free encyclopedia
Leykotsitoz - leykotsitlar (oq qon tanachalari)ning 1ml qondagi miqdori 11 000tadan oshishi[1][2][3]. Leykotsitozning ikki turi farqlanadi: fiziologik va reaktiv leykotsotsitoz.[1]
Fiziologik leykotsitoz – turli aʼzo va toʻqimalar tomirlari orasida leykotsitlarning qayta taqsimlanish hisobiga amalga oshadi. Koʻpincha qon depolari: taloq, oʻpka, qizil ilikdagi leykotsitlarning u yerdan chiqib harakatdagi qonga oʻtishi kuzatiladi. Fiziologik leykotsitozning quyidagi turlari mavjud:
Yosh bilan bogʻliq leykotsitoz - goʻdaklarda leykotsitlar miqdori yuqori boʻladi. Masalan, yangi tugʻilgan chaqaloqda 10000 – 25000 / mm3 bo’lsa, u voyaga yetgani sari leykositlar miqdori fiziologik kamayib boradi.
Ovqat hazm qilish bilan bogʻliq leykotsitoz - ovqat qaʼbul qilgandan keyin yuzaga keladigan leykotsitoz hisoblanadi. Leykotsitlar biroz (1-3mingga) oshishi kuzatiladi. Ammo, fiziologik normaning yuqori chegarasidan oshmaydi. Leykotsitlar koʻp miqdorda ichak shilliq osti qatlamida yigʻiladi va himoya vazifasini bajaradi. (ovqatga va yot moddalarga nisbatan).
Miogen (funksional) leykotsitoz - ogʻir jismoniy ish bajargandan soʻng kuzatiladigan leykotsitozda oq qon tanachalari 3-5 marotaba koʻpayishi mumkin. Jismoniy mehnat vaqtida muskullarda juda koʻp leykotsitlar yigʻiladi. Miogen leykotsitozda leykotsitlarning qayta taqsimlanishidan tashqari qon ishlovchi aʼzolar faoliyati jadallashib koʻplab yangi leykotsitlar hosil boʻlishi kuzatiladi.
Ogʻriq sezilgandagi leykotsitoz.[4]
Emotsional leykotsitoz – kuchli ruhiy kechinmalar vaqtida yuzaga keladigan WBC larning koʻpayishi hisoblanadi. M: imtihon vaqtida WBC larning soni 11 000ga yetganligi tajribalarda kuzatilgan.
Homiladorlik vaqtidagi leykotsitoz (12000- 15000/mm3) – juda koʻp leykotsitlar bachadon shilliq qavati ostida yigʻiladi va homilador ayol organizmiga mikroblar tushishini oldini oladi. (shuningdek, hayz koʻrish va tugʻruq jarayonlarida ham)[1][2]
Temperatura pasayishi ham leykositozga sabab boʻladi.
Reaktiv yoki haqiqiy leykotsitoz – patalogik jarayonlarga javob reaksiyasi hisoblanadi.[1] Bu vaqtda leykotsit ishlab chiqaruvchi aʼzolarda leykotsitlar ishlab chiqarilishi kuchayadi va leykotsitar formulada oʻzgarishlar yuzaga keladi. Sabablari esa quyidagicha:
Oʻtkir bakterial infeksiyalar, ayniqsa, piogen (yiringli) mikroorganizmlar keltirib chiqaruvchi infeksion kasalliklarda[1][2]
Oʻtkir qon yoʻqotilishda kuzatiladigan leykotsitoz
Kuyishda yuzaga keladigan leykotsitoz
Miokard infarktida kuzatiladigan leykotsitoz
Operatsiyadan keyingi davrda yuzaga keladigan leykotsitoz
Tuberkulyoz (oʻpka sili)da kuzatiladigan leykotsitoz
Bezgak isitmasi davrida kuzatiladigan leykotsitoz
Leykotsitoz yuzaga kelganda oq qon hujayralari turiga koʻra subtoifalarga boʻlish mumkin. Neytrofillar koʻtarilgan leykotsitoz - neytrofiliya; limfotsitlar soni koʻtarilgan leykotsitoz - limfotsitoz; monotsitlar soni koʻtarilgan leykotsitoz - monositoz; va eozinofillar soni koʻtarilgan leykotsitoz eozinofiliyadir.[6] Ular orasida eng koʻp uchraydigani neytrofilli leykositoz hisoblanadi.[7] Leykotsitozning eng xavfli (ekstrimal) shakli bu oq qon hujayralari sonining 100 000 mkl dan oshishi hisoblanadi.
Leykotsitoz sabablari | ||||
---|---|---|---|---|
Neytrofilli
leykotsitoz (neytrofiliya) |
| |||
Eozinofilli
leykotsitoz (eozinofiliya) |
| |||
Bazofilli
leykotsitoz (bazofiliya) |
(juda kam uchraydi)
| |||
Monositoz |
| |||
Limfotsitoz |
|
Leykotsitozga tashxis leykotsitlar sonini sanash va aynan qaysi turining koʻpayishini aniqlash bilan qoʻyiladi. Quyida har xil turdagi leykotsitlar uchun qon mos yozuvlar diapazonlari keltirilgan.[8] 97,5 foizlilik (tasvirdagi intervallardagi oʻng chegaralar, 95% taxmin qilish mumkinligini koʻrsatadi) leykotsitozni aniqlash uchun umumiy chegaradir.
Aksariyat hollarda davolanish shart boʻlmasada, baʼzi leykozli bemorlarda kuzatilishi mumkin boʻlgan giperleykotsitoz (WBC soni > 50 yoki 100 × 109/L) leykostazning oldini olish uchun davolanadi.[9][10]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.