From Wikipedia, the free encyclopedia
Le Korbyuzye (Le Corbusier — taxallusi, ismi Sharl Eduar Jannere, Jeanneret (1887.6.10, La ShodeFon, Shveysariya — 1965.27.8, Rokbryun — Kap-Marten, Var) — fransuz meʼmori, sanʼat va meʼmorlik nazariyotchisi, rassom, dizayner. Meʼmorlikdagi naturalizm va ratsionalizm oqimi asoschilaridan. 1918-yil purizm nazariyasini ishlab chiqqan. Shaharsozlikda oʻziga xos uslubda "Nurafshon shahar" gʻoyasi (1930) va "modulor" tizimi (1942—48)ni yaratgan. Le. K. loyihalari asosida jahonning koʻpgina mamlakatlari (Fransiya, Yaponiya, Rossiya, Hindiston va boshqalar)da turli binolar qurilgan. Meʼmorlikka oid 30 dan ortiq kitob muallifi. BMT binosi (1946— 47, Nyu-York), Toʻqimachilar saroyi va shahar muzeyi (1954—56, Axmadobod), Chandigarx shahri (Hindiston) bosh loyihasini va undagi binolar (1956— 57)ni yaratdi.
Binolarni tekis tom bilan qoplash, oynalarini ingichka (lentasimon) qilib oʻrnatish, binoning pastki qavatida ochiq tayanchlardan foydalanish, erkin loyiha qoʻllash (Marselodagi turar joylar, 1947—52) Le K. yaratgan loyihalaridan boʻlib, binoning plastik jihatdan muhit erkinligi va egiluvchanligiga intildi.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.