Laylatul-qadr

From Wikipedia, the free encyclopedia

Laylatul-qadr

Laylatul-qadr (arabcha: لیلة القدر – qadr kechasi) – islom aqidasiga koʻra, ramazon oyining oxirgi oʻn kunligining toq kechalari. Bu kechaning ulugʻlanishi Qurʼoning shu kechada nozil etila boshlagani, bu kecha ming oydan afzal ekani toʻgʻrisida Qurʼonda bashorat berilgani bilan izohlanadi. Unda aytilishicha, bu kechada osmon farishtalari Jabroil hamrohligida Yerga tushib, tong paytigacha bir yillik boʻladigan ishlar rejasini tuzadilar. Ular tuni bilan yana musulmonlar uchun istigʻfor aytib, gunohlarini kechirishini soʻrab, Allohga iltijo qiladilar[1].

Qisqa faktlar
Laylatul-qadr
Thumb
Qurʼon qiroat qilish qadr kechasining eng muhim ibodatlaridan biridir
Rasmiy nomi arabcha: لیلة القدر
Nishonlovchilar Musulmonlar
Turi Farishtalar yerga tushadi. Ularga yillik farmon ma』lum qilinadi.
Sana Ramazonning oxirgi oʻn kunligi, ayniqsa toq kechalari (baʼzilar 19-kunni ham qoʻshadi)
Qoidalari Tahajjud o『qish, Qurʼonni tilovat qilish, duo qilish, zikr aytish, eʼtikofda oʻtirish, sadaqa berish, Allohdan magʻfirat soʻrash
Yopish

Yana qarang

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.