From Wikipedia, the free encyclopedia
Kvant (lotincha: quantum — „qancha“) fizik tushuncha boʻlib, biror kattalikning boʻlinmas miqdorini bildiradi. Tushuncha zamirida ayrim fizik kattaliklarning diskretligi haqidagi kvant mexanikasi qarashi yotadi (fizik kattalik kvantlanadi).
Kvant — biror fizik kattalikning diskret (uzlukli) tabiatga ega ekanligini tavsiflovchi va uning eng kichik (boʻlinmas) qiymatini koʻrsatuvchi zamonaviy fizikaning asosiy tushunchasi. Mikrosistemaning oʻzaro taʼsirlashishida atom, molekula, yadrolarning yutishi yoki chiqarishi mumkin boʻlgan energiyaning eng kichkina miqdorini ifodalovchi kvant tushunchasini fanga 1900 yilda M. Plank kiritgan. Statsionar holatda atom energiyasi diskret qiymatlarga ega boʻladi. Sistema bir holatdan boshqa holatga oʻtganda uning energiyasi shu holatlar energiyalari farqiga teng energiya kvantini — fotonni chiqaradi yoki yutadi. Energiya kvanti ye ning kattaligi Plank doimiysi 6.62607015x10*-34 bilan toʻlqin chastotasi v ning koʻpaytmasiga teng: e=hv. Energiya (kvant)ning diskret tabiatga ega boʻlishini fotoeffekt, gammaspektroskopiyaga oid tajribalarda isbotlangan.[1]
Kvantlanish gʻoyasi atrofida 1900-yillar boshida yangi fizik konsepsiya — kvant fizikasi yuzaga keldi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.