2024-yil chiqarilgan animatsion film From Wikipedia, the free encyclopedia
Kung Fu Panda 4 (inglizcha: Kung Fu Panda 4) – DreamWorks Animation tomonidan ishlab chiqarilgan va Universal Pictures tomonidan tarqatilgan Amerika-Xitoy kompyuter-animatsion filmi. Kung Fu Panda franshizasining toʻrtinchi toʻliq metrajli filmi, Kung Fu Panda 3 (2016) multfilmining davomi. Filmga Mike Mitchell rejissyorlik qilgan. Ushbu filmda ham Jack Black avvalgi filmlardagi Po qahramoniga ovoz beradi; unga Awkwafina qoʻshiladi. Film voqealariga koʻra Po Chjen ismli tulki bilan birlashib, oʻtmishdagi koʻplab yovuz odamlarni tiriltirgan „Buqalamun“ deb nomlanuvchi yovuz sehrgarga qarshi kurashadi.
Kung Fu Panda 4 | |
---|---|
Tizer posteri | |
Rejissyor(lar) | Mike Mitchell |
Prodyuser(lar) | Rebecca Huntley |
Rollarda |
|
Bastakor(lar) |
|
Muharrir(lar) | Christopher Knights |
Studiya(lar) | DreamWorks Animation |
Distribyutor | Universal Pictures |
Chiqarilgan sanasi | |
Davomiyligi | 94 daqiqa |
Mamlakatlar | |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $85 million |
Daromadi | $534 million |
2016-yil yanvar oyida uchinchi filmning rejissyorlari Jennifer Yuh Nelson va Alessandro Carloniga toʻrtinchi filmni ishlash imkoniyati haqida soʻrashgan, 2018-yil avgustida esa Nelson bunga doim xayrixoh ekanliklarini aytgan. Toʻrtinchi qism rasman 2022-yil avgustida, 2023-yil aprelida esa Mitchell, Ma Stein va Rebecca Huntleylar esa filmga mos ravishda rejissyor, hamrejissyor va prodyuser sifatida eʼlon qilingan edi.
Kung Fu Panda 4 premyerasi 2024-yil 7-martda Oʻzbekistonda, shu yilning 8-martida esa AQShda boʻlib oʻtadi.
Filmning Oʻzbekistonda namoyish qilinishi Warner Bros. kompaniyasining rasmiy vakili „Interfilm Uzbekistan“ tomonidan amalga oshirilgan[1].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.