From Wikipedia, the free encyclopedia
Koʻprik — 1) toʻsiq (daryo, kanal, jar yoki boshqa joylar) dan yoʻl oʻtkazish uchun quriladigan muhandislik inshooti. Vazifasiga koʻra, Koʻprikning avtomobil, temir yoʻl va piyodalarga moʻljallangan Koʻprik, yoʻl oʻtkazgich; joylashish oʻrniga koʻra, shahar Koʻpriklari va shahardan tashqaridagi yoʻllarga quriladigan; birlashtirilgan (avtomobil va temir yoʻllar uchun birga qurilgan), akveduk, viaduk xillarga; ishlatiladigan materialiga koʻra, yogʻoch, tosh, metall, temir-beton Koʻprikga, prolyot tizimlariga qarab, balkali, arkli va osma, konsol; prolyotlar soniga koʻra, bir prolyotli va koʻp prolyotli; yuk koʻtaruvchi konstruksiyasiga nisbatan joylashishiga koʻra, ustidan, pastdan, oʻrtasidan harakatlanadigan xillarga; qatnovning uzluksiz va oʻzlukli boʻlishiga qarab, Koʻprik doimiy va harakatlanuvchi (ochiladigan, koʻtariladigan, soʻzadigan) xillarga; yigʻma va qismlarga ajraladigan xillarga boʻlinadi. Koʻprik-kanal va Koʻprik-uylar ham boʻladi. Boʻlar koʻprik vazifasini oʻtash bilan birga uy va kanal vazifasini ham oʻtaydi. Ilgari Koʻpriklar, koʻpincha, yogʻoch va harsang toshlardan qurilgan. Qad. yogʻoch Koʻpriklar saqlanib qolmagan. Oʻrta asrlarda arkli harsang Koʻpriklar (Rim, Ispan, Xitoyda) koʻproq qurilgan. Oʻrta Osiyo va Rossiyada yogʻoch va tosh Koʻpriklar boʻlgan. Katta daryolardan oʻtishda soʻzuvchi Koʻprikdan foydalanilgan. Choʻyan Koʻpriklar Angliyada (1779), soʻngra Rossiyada (1784); osma (zanjirli) Koʻprik Amerikada (1796), keyin Angliya va Rossiyada qurilgan. 20-asr boshlariga kelib Koʻprik qurishda temir-betondan asosiy material sifatida foydalanila boshlandi, chunki pishiq, arzon, uni yigʻish oson va boshqa Uncha uzun boʻlmagan Koʻprik qurishda temir-beton prolyot tayanchlarga butunicha kranlar yordamida qoʻyiladi. Undan ravoqli, balkali va ramali Koʻpriklar qurila boshladi. Hozirgi zamon ravoqli temir-beton Koʻpriklarning prolyotlari oʻz. 300 m ga yetadi. Oʻzbekistonda Chirchiq, Sirdaryo va Amudaryodan oʻtkazilgan Koʻpriklar, asosan temir-betondan arkli va ramali qilib qurilgan. Koʻprik, asosan, tayanch va prolyotdan iborat boʻladi. Tayanchlar qirgʻoq va oraliq tayanchlarga boʻlinadi. Temir-beton va harsang toshdan yasalgan Koʻprikda, koʻpincha, prolyot va tayanchlar yaxlit qurilmani hosil qiladi. Aralash konstruksiyalar (mas, temir-betonli poʻlat balkalar yoki poʻlat shprengelli temir-beton balkalar va boshqalar) keng qoʻllanilmoqda. Hozirgi zamon Koʻprik qurilishida yigʻma Koʻprik konstruksiyalaridan, yigʻma elementlarini unifikatsiyalash va bir xillashtirish usullaridan, Koʻprik konstruktiv tizimlarini rivojlantirish, prolyotlarni oʻzaytirish, mustahkamligi yuqori boʻlgan poʻlat, yengil qotishmalar va betonlardan, parchin mixli birikmalar oʻrnida payvand birikmalardan, tutash temir-beton Koʻprik qurishda qismlarga ajratiladigan opalubkalardan va montaj agregatlardan foydalanilmokda; 2) avtomobil, traktorlar yurish qismining elementa. Gʻildiraklarga taʼsir qiladigan kuchlarni rama yoki koʻzovga oʻzatadi. Oʻrnatilgan gʻildiraqlarning vazifasiga qarab, yetakchi, boshqariladigan va murakkab (yetakchi va ayni vaqtda boshqariladigan) Koʻpriklar boʻladi. Bundan tashqari, oldingi, ketingi va oʻrta (uch oʻqli avtomobillarda) Koʻpriklar bor.[1]
Koʻprik jarlik, suv havzasi, yoʻl yoki boshqa toʻsiq ustidan oʻtish uchun qurilgan inshootdir. Koʻprik uning funksiyasi va joylashadigan yeriga koʻra turlicha loyihalanadi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.