From Wikipedia, the free encyclopedia
Komanchi (yuta indeyslari tilida — dushmanlar; oʻzlarini pemena — haqiqiy odamlar deb ataydilar) — AQShdagi shoshonlar guruhiga mansub indeys xalqi. Oklaxoma shtatining jan.gʻarbidagi rezervatsiyalarda yashaydilar. 6 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Dindorlari — protestantlar.
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
17-asr oxiri — 18-asr boshlarida Qoyali togʻlarning sharqiy yon bagʻirlaridan Nort-Platt daryosi boʻylariga koʻchib oʻtishgan. Ular yuta qabilasidan otni xonakilashtirishni oʻzlashtirib, otda bizon ovlash bilan mashgʻul boʻlganlar. 18-asr oʻrtalarida dakotalar tomonidan Arkanzas daryosining jan. ga siqib chiqarilgan. Uichita va kayova qabilalari bilan ittifoq boʻlib yerlarini tortib olayotgan mustamlakachilarga qarshi kurash olib borganlar. K.lar jan. tekisliklardagi eng qudratli qabilaga aylangan. 19-asr boshida K.larning soni 10—12 ming kishini tashkil etgan. 1875-yil K.larning qarshiligi bostirilgan, tirik krlganlari (1400 ga yaqin kishi) soqchilar (konvoy) nazorati ostida Oklaxoma shtatidagi rezervatsiyalarga joʻnatilgan. Asosan, qoramol yetishtirish, qishloq xoʻjaligi ishlarida yollanma ishchi boʻlib ishlash va oʻz yerlarini amerikaliklarga ijaraga berish bilan shugʻullanadilar.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.