Klaus Werner Iohannis (talaffuzi: Klaus Verner Yoxannis, nemischa: ; 13-iyun 1959-yil) – kelib chiqishi nemis boʻlgan Ruminiya siyosat va davlat arbobi, 2014-yil 21-dekabrdan beri Ruminiyaning amaldagi prezidenti.

Qisqa faktlar Ruminiya Prezidenti, Hukumat boshligʻi ...
Klaus Werner Iohannis
rumincha: Klaus Werner Iohannis
nemischa:
Thumb
 Ruminiya Prezidenti
Mansab davri
2014-yil 21-dekabrdan
Hukumat boshligʻi Victor Ponta
Gabriel Oprea (v.b.)
Victor Ponta
Sorin Cîmpeanu (v.b.)
Dacian Cioloș
Sorin Grindeanu
Mihai Tudose
Mihai Fifor (v.b.)
Viorica Dăncilă
Ludovic Orban
Nicolae Ciucă
Florin Cîțu
Nicolae Ciucă
Cătălin Predoiu
Marcel Ciolacu
Oʻtmishdoshi Traian Băsescu
 Sibiu meri
Mansab davri
2000-yil 30-iyundan  2014-yil 21-dekabrgacha
Oʻtmishdoshi Dan Condurat
Vorisi Astrid Fodor
 Milliy liberal partiya raisi
Mansab davri
2014-yil 28-iyundan  18-dekabrgacha
Oʻtmishdoshi Krin Antonescu
Vorisi Alina Gorgiu
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 13-iyun 1959-yil (1959-06-13) (65 yosh)
Sibiu
Mukofotlari
Yopish

Biografiyasi

13-iyun 1959-yilda transilvaniya sakslari oilasida tugʻilgan.

1979-yilda Timishoaraga harbiy xizmatga yuborilgan[1].

1983-yildan maktablarda fizika va matematika oʻqituvchisi boʻlib ishlagan.

1990-yilda nemislar demokratik forumi aʼzosi etib saylandi.

2000-yilda 69,18% ovoz bilan Sibiu meri lavozimiga saylandi. 2004, 2008, 2012 yillarda qayta saylandi.[2][3].

20-fevral 2013-yilda Milliy liberal pariyaga qabul qilindi. 28-iyun 2014-yilda partiya raisi etib saylandi[4].

2014-yilda Demokratik liberal partiya nomidan prezidentlikka nomzod boʻldi[5][6]. 16-noyabr 2014-yilda 54,53% ovoz bilan president etib saylandi[7].

2014-yil 21-dekabrda qasamyod qildi[8].

2019-yil noyabr oyida Iohannis yangi muddatga qayta saylandi.

Klaus Iohannis rumin, nemis va ingliz tillarini yaxshi biladi.

Shaxsiy hayoti

1960-yilda tugʻilgan, Sibiudagi Jorj Lazarus nomidagi milliy kollejda ingliz tili oʻqituvchisi boʻlgan Karmen Iohannis (Lazurka) bilan turmush qurgan[9]. Er-xotinning farzandlari yoʻq.

Diniga koʻra, Klaus Iohannis protestant, Ruminiyaning Augsburg konfessiyasi Yevangelist cherkovining aʼzosi[10].

Mukofotlari

2006-yil: Germaniya Federativ Respublikasining xizmatlari uchun ordeni ritsar xochi

2007-yil: Ruminiya yulduzi ordeni ritsarlari

2008-yil: Italiya birdamligi yulduzi ordeni qoʻmondoni

2009-yil: Lyuksemburg Buyuk Gertsogligining xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan

2009-yil: „Avstriya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun“ faxriy nishonining qoʻmondon xochi

2009-yil: Toj ordeni ofitseri (Belgiya)

2010-yil: Ruminiya yahudiy jamoalari federatsiyasining Faxriy medali

2011-yil: Milliy xizmatlari uchun ordeni ritsarlari (Ruminiya)

2014-yil: Germaniya Federativ Respublikasining xizmatlari uchun ordeni ofitser xochi

2016-yil: Oltin zanjirli Buyuk Vitautas ordeni (Litva)[11]

2016-yil: Oq burgut ordeni (Polsha)[12]

2016-yil: lentali Stara Planina ordeni (Bolgariya)[13]

2016-yil: „Respublika“ ordeni (Moldova)[14]

2021-yil: Maryam Yerining Xoch ordeni zanjiri (Estoniya)[15]

2022-yil: „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni (Litva)[16]

Asarlari

Klaus Iohannis. «Первый шаг». ISBN 978-606-588-831-9.

Klaus Iohannis. «Шаг за шагом» (автобиография). ISBN 978-606-588-756-5.

Manbalar

Havolalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.