Kim Byon-ji (1970-yil 8-aprelda tugʻilgan) — sobiq futbol darvozaboni, Janubiy Koreya terma jamoasi hamda K ligasining bir nechta klublarida oʻynagan. U qushning dumiga oʻxshagan oʻziga xos soch turmagi bilan mashhur boʻlgan.

Qisqa faktlar Shaxsiy maʼlumot, Toʻliq ismi ...
Kim Byung-ji
Thumb
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kim Byung-ji
Tavallud sanasi 8-aprel 1970-yil (1970-04-08) (54 yosh)
Tavallud joyi Miryang, Gyeongnam, Janubiy Koreya
Boʻyi 1.84 m (6 ft 12 in)
Ampluasi Darvozabon
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1983-1985 Milyang Middle School
1986-1988 Aloysius Technical High School
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1990-1992 Sangmu FC
1992-2000 Ulsan Hyundai 173 (2)
2001-2005 Pohang Steelers 137 (0)
2006-2008 FC Seoul 58 (0)
2009-2012 Gyeongnam FC 122 (0)
2013-2015 Jeonnam Dragons 101 (0)
Milliy terma jamoa
1995-2008 Janubiy Koreya 61 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
Yopish

Futbolchilik faoliyati

Kim 1992-yildan 2015-yilgacha professional futbolchi sifatida 24 mavsum oʻtkazgan. U K ligasida, shu jumladan Koreya Ligasi kubogida 706 oʻyin oʻtkazib, 229 ta oʻyinda oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan va 3 ta gol urgan[1].

Kim 1998-yilgi FIFA Jahon chempionatida ishtirok etish uchun Janubiy Koreya terma jamoasiga chaqirilgan. Janubiy Koreya ikkinchi o‘yinida Gollandiyaga 5:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan va janubiy koreyalik futbolchilar mag‘lubiyatdan so‘ng jurnalistlarning tanqidlariga duchor boʻlishgan[2][3]. Bundan tashqari, turnir davom etayotgan boʻlsa-da, Janubiy Koreya terma jamoasi murabbiyi Cha Bum Kun ishdan boʻshatilgan[4]. Oʻsha oʻyinda Kim Gollandiyaning 17 ta zarbasini qaytargan[5] va o‘z darvozasidan beshta gol o‘tkazib yuborganiga qaramay, olqishlarga sazovor bo‘lgan yagona futbolchiga aylangan[6].

Oʻyin uslubi

Kim ajoyib reflekslarga ega edi va super seyvlar bilan mashhur boʻlgan[7]. 2001-yil Yangi yil kubogi doirasida Paragvayga qarshi oʻyinda u toʻsatdan dribling qilishga urinib koʻrganidan soʻng toʻpdan mahrum boʻlib, Janubiy Koreyaning sobiq bosh murabbiyi Gus Xiddinkni sharmanda qilgan[8]. Kim K ligasi va milliy terma jamoada Li Vun je bilan kuchli raqobatni yuzaga keltirgan[9] va u bilan 2002-yilgi FIFA Jahon chempionatida asosiy darvozabonlik pozitsiyasi uchun kurashgan. Xiddink turnir boshlangunga qadar darvozabon tanlashda qiynalgan, biroq Kimning Yangi yil kubogidagi qoʻpol xatosi tufayli Lini tanlagan[8].

Nafaqa

Kim hozirda 2015-yilda nafaqaga chiqqanidan so‘ng YouTubeʼdagi „Kkong-byung-ji-tv“ kanalida YouTuber bo‘lib ishlamoqda[10].

2022-yil 28-mayda Kim Angry Dogs koʻngilochar kompaniyasi bilan shartnoma tuzgan[11].

Faoliyat statistikasi

Klub

Batafsil maʼlumot Klub, Mavsum ...
Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Liga Kubogi Qitʼa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Sangmu FC 1990 Semipro Ligasi ? ? ? ? ? ?
1991 Semipro Ligasi ? ? ? ? ? ? ? ?
1992 Semipro Ligasi ? ? ? ? ? ? ? ?
Jami ? ? ? ? ? ? ? ?
Ulsan Hyundai 1992 K Ligasi 6 0 4 0 10 0
1993 K Ligasi 21 0 4 0 25 0
1994 K Ligasi 24 0 3 0 27 0
1995 K Ligasi 28 0 7 0 35 0
1996 K Ligasi 25 0 0 0 5 0 ? ? 30 0
1997 K Ligasi 13 0 2 0 7 0 ? ? 22 0
1998 K Ligasi 22 1 0 0 3 0 ? ? 25 1
1999 K Ligasi 12 0 3 0 8 0 23 0
2000 K Ligasi 26 1 2 0 5 1 33 2
Jami 177 2 7 0 46 1 ? ? 230 3
Pohang Steelers 2001 K Ligasi 22 0 4 0 3 0 29 0
2002 K Ligasi 21 0 4 0 0 0 25 0
2003 K Ligasi 43 0 0 0 43 0
2004 K Ligasi 27 0 0 0 12 0 39 0
2005 K Ligasi 24 0 3 0 12 0 39 0
Jami 137 0 11 0 27 0 175 0
FC Seoul 2006 K Ligasi 27 0 3 0 13 0 43 0
2007 K Ligasi 26 0 3 0 12 0 41 0
2008 K Ligasi 5 0 1 0 1 0 7 0
Jami 58 0 7 0 26 0 91 0
Gyeongnam 2009 K Ligasi 26 0 2 0 3 0 31 0
2010 K Ligasi 29 0 2 0 6 0 37 0
2011 K Ligasi 30 0 0 0 3 0 33 0
2012 K Ligasi 37 0 4 0 41 0
Jami 122 0 8 0 12 0 142 0
Jeonnam Dragons 2013 K 1-Ligasi 36 0 0 0 36 0
2014 K 1-Ligasi 38 0 1 0 38 0
2015 K 1-Ligasi 27 0 4 0 27 0
Jami 101 0 5 0 0 0 106 0
Karyerada jami 595 2 38 0 111 1 ? ? 744 3
Yopish

Xalqaro

Batafsil maʼlumot Milliy terma jamoa, Yil ...
Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar[12]
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Janubiy Koreya 1995-yil 4 0
1996-yil 13 0
1997-yil 10 0
1998-yil 16 0
1999-yil 3 0
2000-yil 4 0
2001-yil 2 0
2002-yil 8 0
2008-yil 1 0
Karyerada jami 61 0
Yopish

Yutuqlar

Sangmu FC

  • Koreya yarim professional ligasi (bahor) : 1992[13]
  • Koreya yarim professional ligasi (kuz) : 1991[14]

Ulsan Hyundai

  • K ligasi 1 : 1996[14]
  • Koreya FA kubogi sohibi: 1998[15]
  • Koreya Liga kubogi : 1995, 1998

Pohang Steelers

  • Koreya FA kubogi sohibi: 2001, 2002[16]

Seoul FC

  • Koreya Liga kubogi : 2006[17]

Janubiy Koreya

Shahsiy yutuqlari

  • Koreya yarim professional ligasi (kuz) eng yaxshi futbolchisi: 1991[19]
  • K liga 1 eng yaxshi oʻyinchi : 1996, 1998, 2005, 2007 [20][21][22][23]
  • K ligasi yulduzlari oʻyinining eng qimmat oʻyinchisi: 2000[24]

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.