Kichkina xoʻjayin 2: Oilaviy biznes

From Wikipedia, the free encyclopedia

Kichkina xoʻjayin 2: Oilaviy biznes
Remove ads

Kichkina xoʻjayin 2: Oilaviy biznes (inglizcha: The Boss Baby: Family Business) 2021-yilda katta ekranlarga chiqarilgan komedik janrdagi Amerika kompyuter-animatsion filmidir. DreamWorks Animation studiyasi tomonidan ishlangan va Universal Pictures tomonidan tarqatilgan. Film 2017-yilda suratga olingan Kichkina xoʻjayin filmining davomidir. Filmda bosh qahramonlarga Alec Baldwin, James Marsden, Amy Sedaris, Ariana Greenblatt, Jeff Goldblum, Eva Longoria, Jimmy Kimmel va Lisa Kudrow ovoz bergan.

Qisqa faktlar Rejissyor(lar), Prodyuser(lar) ...
Remove ads

Kichkina xoʻjayin 2: Oilaviy biznes filmi AQShda 2-iyul 2021-yildan boshlab kinoteatrlarda RealD 3D va Dolby Cinema formatlarida namoyish qilindi. Film budjeti $82 millionni tashkil etib, kartina umumjahon boʻylab $128 milliondan oshiq daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi.

Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Kichkina xoʻjayin 2: Oilaviy biznes haqida 97 ta maqola yigʻilib, ulardan 45 foizi filmni ijobiy baholaydi[4]..

Remove ads

Syujeti

Birinchi film hodisalaridan 30 yil oʻtib, Tim Templeton toʻliq voyaga yetgan va hozirda rafiqasi Carol va ikki qizi 8 yashar Tabitha va chaqaloq Tina bilan yashaydi. Timning ukasi Ted Jr. esa hozirda muvaffaqiyatli BID (bosh ijrochi direktor) va Tim bilan deyarli uchrashmaydi, oʻrniga u va uning oilasiga koʻplab sovgʻalar yuboradi. Tabitha koʻproq kattalar xulq-atvoriga ega boʻlib ulgʻaygan boʻlib, Tim undan juda tashvishga tushgan edi. Shunday kechalarning birida qizi Tinaning xonasidan notanish ovoz eshitiladi. U shu payt Tina ham bir paytlar ukasi Ted singari Boss Baby (Kichkina xoʻjayin) ekanligini va u maxsus vazifa uchun Tedni „Chaqaloq Corp.「ga olib borishga tayinlanganligini bilib oladi. Tina otasidan Tedga qoʻngʻiroq qilishini soʻraydi. Tim Ted hech qachon kelmasligini aytib, qoʻngʻiroq qilmasligini aytadi va Tinani uyquga qaytishiga undaydi. Biroq, Tina Tedga soxta ovozli xabar qoldiradi va uni Templetonlar uyiga chorlaydi.

Remove ads

Ovoz berganlar

  • Alec Baldwin — Ted Templeton Jr. / Boss Baby
  • James Marsden — Tim Templeton
  • Amy Sedaris — Tina Templeton
  • Ariana Greenblatt — Tabitha Templeton
  • Jeff Goldblum — Dr. Erwin Armstrong
  • Eva Longoria — Carol Templeton
  • Jimmy Kimmel — Ted Templeton Sr.
  • Lisa Kudrow — Janice Templeton
  • James McGrath — Wizzie

Oʻzbekcha dublyaj

  • Ahror Alijonov — Ted Templeton Jr. / Boss Baby
  • Sayfulla Ikromov — Tim Templeton
  • Sanobar Sodiqova — Tina Templeton

Dublyaj va ovoz rejissori — Sohibjon Nurmahemmdov, montaj ustasi — Shahzod Eshkanov, muharrir — Xosiyat Rajabova[manba kerak].

Remove ads

Relizi

Manba: IMDb.com[5]

Batafsil maʼlumot Mamlakat, Premyera sanasi ...

Manbalar

Loading content...

Havolalar

Loading content...
Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads