From Wikipedia, the free encyclopedia
Kelechi Iheanacho (inglizcha: Kelechi Promise Iheanacho;) – nigeriyalik futbolchi, "Leicester City F.C." va Nigeriya milliy futbol terma jamoasi hujumchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Kelechi Iheanacho | ||
Tavallud sanasi | 3-oktyabr 1996-yil | ||
Tavallud joyi | Owerri, Nigeriya, | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Sevilla FC | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2014-2015 | Manchester City F.C. | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2014-2017 2017-2024 2024- |
Manchester City F.C. Leicester City F.C. Sevilla FC |
46 160 0 |
(12 30 0) |
Milliy terma jamoa | |||
2015- | Nigeriya | (47 (13)) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Africa Cup of Nations | ||
Kumush | 2023 Africa Cup of Nations |
Kelechi Nigeriya futbol maktabi Tayvo Akademiyasi bitiruvchisi.
2014-yilning yanvarida u Angliyaning "Manchester City F.C." klubi bilan shartnoma imzolagan. U 2015-yilning 29-avgust kuni APL 4-turida "Watford Football Club" ga qarshi oʻyinda kattalar jamoasi safida debyut qilgan. U klubdagi ilk golini 2015-yilning 12-sentabr kuni chempionatning 5-turida „Kristal Pelas“ ga qarshi oʻyinda urgan[1]. 2016-yilning 30-yanvarida yosh hujumchi Angliya kubogi doirasidagi oʻyinda "Aston Villa F.C." ga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etgan.
„Shaharliklar“ uchun 64 ta oʻyinda u butun faoliyati davomida 21 ta gol urgan.
2017-yil 3-avgustda u "Leicester City F.C." ga koʻchib oʻtgan. Futbolchi bilan shartnoma besh yillik muddatga tuzilgan. Shartnomaning moliyaviy shartlari oshkor etilmagan, biroq avvalroq ingliz OAVlari transfer summasi 25 million funt (taxminan 27,9 million yevro) boʻlishini xabar qilgan edi. 2017-2018-yilgi mavsumda u chempionatda 21 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan[2].
2013-yilda yosh futbolchi FIFA U-17 Jahon chempionati 2013 da ishtirok etgan. U turnirdagi barcha oʻyinlarni oʻtkazgan va uning jamoasi jahon chempioni unvoniga erishgan[3]. Meksikaliklar bilan debyut uchrashuvida Kelechi toʻrtta gol urgan[4]. Shuningdek, u eronliklarga gol urgan va Meksika terma jamoasiga qarshi final uchrashuvida ham gol urgan[5][6]. U „Oltin toʻp“ va „Kumush butsa“ni qoʻlga kiritgan[7].
U Nigeriya milliy futbol terma jamoasidagi debyutini 2015-yilning 13-noyabr kuni FIFA Jahon chempionati 2018 saralashida Svazilend termasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Uchrashuv golsiz durang bilan yakunlangan[8]. 2016-yilning 27-may kuni u terma jamoadagi ilk golini urgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.