Katrin Cartlidge

britaniyalik aktrisa From Wikipedia, the free encyclopedia

Remove ads

Katrin Juliet Cartlidge (15-may, 1961-yil, Londonda tugʻilgan – 7-sentabr, 2002-yil, Angliyada vafot etgan) britaniyalik sobiq aktrisa. U birinchi marta ekranda Channel 4 efirga uzatgan Brookside (1982-1983-yillar) serialida Lucy Collins rolida paydo boʻladi hamda 1997-yilda Mike Leighning Career Girls filmi uchun "Eng yaxshi aktrisa" nominatsiyasida Evening Standard Film mukofotini qoʻlga kiritadi. Aktrisaning boshqa filmlari orasida Leighning Naked (1993), Before the Rain (1994), Breaking the Waves (1996) hamda From Hell (2001) filmlari bor.

Qisqa faktlar Tavalludi, Vafoti ...
Remove ads
Remove ads

Yoshligi

Cartlidge Londonda ingliz millatiga mansub otasi Derek va nemis-yahudiy boʻlgan onasi Bobbilar oilasida tugʻilgan[2]. U Camdendagi Parliament Hill School for Girlsda tahsil olgan[3].

Faoliyati

Aktrisaning Manchevski tomonidan ishlangan Before the Rain va No Man's Land filmlari uni Bosniya va Gersegovina hamda Bolqon yarim orolida mashhurlikka erishishiga yordam beradi. Mike Leighning Naked filmidagi Sophie obrazi uning birinchi bosh roli boʻlgan. Cartlidge yana ikkita Leigh filmlarida ishlagan. Jumladan, Career Girls filmida u 20—30 yosh oraligʻidagi bosh rollardan birini Hannah obrazini hamda Topsy Turvyda esa Parijdagi fohishaxonadagi madam rolini gavdalantirgan.

U polshalik rejissor Lech Majewskining 2004-yilda suratga The Garden of Earthly Delights nomli saraton kasalligidan vafot etgan sanʼatshunosning filmida bosh rolni oʻynashi kerak edi, biroq, muallif film suratga olinishi boshlanishidan oldin vafot etgan[4]. Cartlidge 21 Gramsda rol oʻynashni boshladi, ammo aktrisa vafot etgach, uning oʻrniga Charlotte Gainsbourg uning rolini davom ettiradi[5].

Cartlidge 41 yoshida (2002-yil, 7-sentabr) feokromotsitomadan kelib chiqqan pnevmoniya va septitsemiya asoratlari[3] tufayli vafot etgan. Tracy Letts oʻzining 2003-yilda Man from Nebraska spektaklida Cartlidgega bagʻishlab, „Nebraskalik odam mening qadrdon doʻstim Katrin Cartlidge xotirasiga bagʻishlangan“, degan edi[6].

Remove ads

Filmografiyasi

Televizion va qisqa metrajli filmlarda

Batafsil maʼlumot Yil, Sarlavha ...

Televizion rollari

Batafsil maʼlumot Yil, Sarlavha ...
Batafsil maʼlumot Yil, Sarlavha ...
Remove ads

Manbalar

Loading content...

Havolalar

Loading content...
Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads