Kate Winslet

From Wikipedia, the free encyclopedia

Kate Winslet

Kate Elizabeth Winslet (talaffuzi: Keyt Elizabet Uinslet; 1975-yil 5-oktyabrda tugʻilgan) ingliz aktrisasi[1]. Oscar, Grammy, toʻrtta Screen Actors Guild, uchta BAFTA va beshta Oltin globus mukofotlari sovrindori.

Qisqa faktlar Tavalludi, Kasbi ...
Kate Winslet
Thumb
Winslet Toronto xalqaro kinofestivalida (2017)
Tavalludi
Kate Elizabeth Winslet

5-oktyabr 1975-yil (1975-10-05) (49 yosh)
Reading, Berkshire, Angliya
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1991—hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
  • Jim Threapleton
    (turm. 1998; ajr. 2001)
  • Sam Mendes
    (turm. 2003; ajr. 2011)
  • Edward Abel Smith (turm. 2012)
Bolalari 3
Mukofotlari
Yopish

Winslet Angliyaning Berkshire grafligidagi Reading shahrida tugʻilgan. Redroofs teatr maktabida dramaturgiya boʻyicha tahsil olgan. Aktrisa oʻlaroq birinchi marta 15 yoshida Dark Season (1991) serialida rol ijro etgan. Keyinchalik, Heavenly Creatures (1994) filmida rol oʻynagan. Sense and Sensibility (1995) filmidagi roli ortidan BAFTA mukofoti bilan taqdirlangan. Titanic (1997) romantikasida bosh qahramonni jonlantirgan. Titanic tarixdagi eng kassabop filmlardan biridir.

Winslet keyinchalik Quills (2000), Iris (2001), Finding Neverland (2004), Little Children (2006), Revolutionary Road (2008), The Reader (2008), Versaldagi muhabbat (2014) kabi filmlarida rollar ijro etgan. The Reader filmidagi roli uchun BAFTA va Oscar („Eng yaxshi aktrisa uchun“ nominatsiyasida) mukofotlarini qoʻlga kiritgan.

2009-yilda Winslet Time jurnali tuzgan dunyoning eng nufuzli 100 kishisi roʻyxatiga kiritilgan. 2012-yilda Britaniya imperiyasi ordeni (CBE) bilan taqdirlangan. Winslet uch marta turmush qurgan. Rejissyor Sam Mendes bilan ajrashganidan soʻng 2012-yilda biznesmen Edward Abel Smith bilan turmush qurgan. Uning har bir nikohdan bittadan farzandi bor[2].

Hayoti

Kate Elizabeth Winslet 1975-yilning 5-oktyabrida Angliyaning Berkshire grafligidagi Reading shahrida tugʻilgan. Otasi – Roger John Winslet, onasi – Sally Anne (qizlik familiyasi Bridges)[3][4]. Kate kelib chiqishiga koʻra britan, irland (otasi tomondan) va shved (onasi tomondan) ajdodlarga mansubdir[5].

Thumb
Winslet 2014-yilda
Thumb
Winslet 2009-yilda

Filmografiyasi

Batafsil maʼlumot Yil, Film ...
Yil Film Rol Izohlar Manba (lar)
1994 Heavenly Creatures Juliet Hulme [6]
1995 Sense and Sensibility Marianne Dashwood [7]
1995 Kid in King Arthur's Court, AA Kid in King Arthur's Court Malika Sarah [8]
1996 Jude Sue Bridehead [9]
1996 Hamlet Ophelia [10]
1997 Titanic Rose DeWitt Bukater [11]
1998 Hideous Kinky Julia [12]
1999 Faeries Brigid (ovoz bergan) [13]
1999 Holy Smoke! Ruth Barron [14]
2000 Quills Madeleine [15]
2001 Enigma Hester Wallace [16]
2001 Iris Iris Murdoch [17]
2001 War Game Annie (ovoz bergan) Qisqa metrajli film [18]
2001 Christmas Carol: The Movie Belle (ovoz bergan) [19]
2003 Life of David Gale, TheThe Life of David Gale Bitsey Bloom [20]
2004 Eternal Sunshine of the Spotless Mind Clementine Kruczynski [21]
2004 Finding Neverland Sylvia Llewelyn Davies [22]
2005 Romance & Cigarettes Tula [23]
2006 Deep Sea 3D Narrator Hujjatli film [24]
2006 All the King's Men Anne Stanton [25]
2006 Little Children Sarah Pierce [26]
2006 Flushed Away Rita Malone (ovoz bergan) [27]
2006 Holiday, TheThe Holiday Iris [28]
2007 The Fox and the Child Sharhlovchi Inglizcha dublyaj [29]
2008 Reader, TheThe Reader Hanna Schmitz [30]
2008 Revolutionary Road April Wheeler [31]
2009 A Mother's Courage: Talking Back to Autism Sharhlovchi Hujjatli film [32]
2011 Carnage Nancy Cowan [33]
2011 Contagion Dr. Erin Mears [34]
2013 Movie 43 Beth Segment: The Catch [35]
2013 Labor Day Adele Wheeler [36]
2014 Divergent Jeanine Matthews [37]
2014 A Little Chaos Sabine De Barra [38]
2015 The Divergent Series: Insurgent Jeanine Matthews [39]
2015 Daisy Chain Buttercup (ovoz bergan) Qisqa metrajli film [40]
2015 Steve Jobs Joanna Hoffman [41]
2015 The Dressmaker Myrtle „Tilly“ Dunnage [42]
2016 Triple 9 Irina Vlaslov [43]
2016 Collateral Beauty Claire Wilson [44]
2016 The Lost Letter Sharhlovchi Qisqa metrajli film [45]
2017 The Mountain Between Us Alex Martin [46]
2017 Wonder Wheel Ginny Rannell [47]
2018 Mary and the Witch's Flower Madame Mumblechook (ovoz bergan) [48]
2019 Birds of a Feather Blanche (ovoz bergan) [49]
2019 Blackbird Jennifer [50]
2020 Baba Yaga Baba Yaga (ovoz bergan) Qisqa metrajli film [51]
2020 Ammonite Mary Anning [52]
2020 Black Beauty Black Beauty (ovoz bergan) [53]
2021 Eating Our Way To Extinction Sharhlovchi Hujjatli film [54]
2022 Eleven Days in May Sharhlovchi Hujjatli film [55]
2022 Avatar: The Way of Water Ronal [56]
Yopish

Manbalar

Havolalar

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.