From Wikipedia, the free encyclopedia
Kampala – Uganda poytaxti. Markaziy provinsiyaning maʼmuriy markazi. Viktoriya koʻlining shimoliy sohillari yaqinida 1300 m gacha boʻlgan balandlikda joylashgan. Aholisi 902,9 ming kishi (2000). iqlimi ekvatorial mussonli iqlim, yanvarning oʻr-tacha tempaturasi 22°, iyulniki 20°. Yiliga oʻrtacha 1500 mm yogʻin tushadi.
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kampala-mamlakatning muhim siyosiy, madaniy, moliya, savdo-sanoat markazi. Avtomobil yoʻllari tuguni. Temir yoʻl orqali Hind okeani sohilidagi Mombasa (Keniya) porti bilan bogʻlangan. Shahardan 35 km janubida xalqaro aeroport joylashgan. Oziq-ovqat, kimyo, farmatsevtika, koʻn poyabzal sanoati rivojlangan. Metallsozlik, yogʻochsozlik, toʻqimachilik sanoati korxonalari, avtomobil remonti ustaxonalari bor. Shaharga 1890-yilda inglizlar tomonidan qalʼa sifatida asos solingan. Kampala Bugandaning savdo markazi sifatida rivojlandi. 1962-yildan mustaqil Uganda poytaxti. Shahar tepaliklarda joylashganligi sababli yagona reja asosida qurilmagan.
Kampalada Makerere universiteti (1922; 1970-yildan Uganda milliy universiteti), nafis sanʼat maktabi, tibbiyot bilim yurti, pedagogika va texnika kollejlari, Uganda ilmiy jamiyati, Uganda muzeyi, badiiy galereya bor.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.