From Wikipedia, the free encyclopedia
Kaluga — RFdagi shahar, Kaluga viloyati markazi. Oka daryosi boʻyidagi pristan. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 361,5 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). K., dastlab, Litva knyazi Olgerd yorliqlarida 1371 yilda tilga olingan. U Moskva davlatining jan.gʻarbiy chegarasidagi qalʼa sifatida vujudga kelgan. 17—19-asrlarda muhim savdo markazi. K. E. Siolkovskiy K.da yashagan va oʻsha yerda dafn qilingan. Shaharda "Kaluga turbina zavodi" birlashmasi, yoʻl mashinalari va gidroprivodlar i.ch. birlashmasi, transport mashinasozligi, avtomotoelektr jihozlari, priborsozlik, radio jihozlari, radiolampa zavodlari ishlab turibdi. Yogʻochsozlik ("Gigant" birlashmasi) rivojlangan. Klavishli musiqa asboblari, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Yengil, kimyo sanoati tarmoqlari bor. Ped. instituti, drama teatri, oʻlkashunoslik, badiiy, K. E. Siolkovskiy nomli kosmonavtika tarixi muzeyi va uning filiali — Siolkovskiy uy-muzeyi mavjud.[1]
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.