From Wikipedia, the free encyclopedia
Kaptarlar yoki kabutarlar (Columbidae) – kaptarsimonlar turkumiga mansub qushlar oilasi. Gavdasining uzunligi 10—15 sm dan (mitti kaptar) 89 sm gacha (tojli kaptar). Boʻyni kalta, tanasi miqti, qanotlari baquvvat, yaxshi uchadi. Ustki tumshugʻi asosida yumshoq teri boʻrtmasi bor. 43 urugʻi va 285 turi maʼlum. Janubiy va Shimoliy qutblardan boshqa hamma hududlarda tarqalgan. Oʻzbekiston faunasida asl K. va gʻurraklar urugʻiga mansub 9 tur uchraydi. Asl K. urugʻidan togʻ koʻk kaptari (Colum livia) juda keng tarqalgan; gov K. (S. palumbus) va togʻ K. i (S. rupestr) togʻli hududlarda, qora K. (S. Eversmanni) togʻ etaklari va vodiylarda, klintux (S. oenas) sharqiy hududlarda tarqalgan. Gʻurraklar urugʻidan musicha (Streptopelia senegalensis) va gʻurrak (S. turtur) koʻp uchraydi; togʻ gʻurragi (S. orientalis) togʻli hududlarda yashaydi. K. daraxtlar va ularning kovagiga, jarliklar, koyader, binolar tomiga juft-juft boʻlib uya quradi. Moda va narisi tuxumlarini navbat bilan bosadi. Bir yilda 2, baʼzan 4-5-martagacha 2 tadan tuxum bosadi. Tuxumdan yalangʻoch (patsiz) jish joʻja chiqadi. Joʻjani dastlab nari va modasi jigʻildonidan ajralib chiqadigan oqsilga boy suyuqlik – qush suti, keyinroq jigʻildonda ezilgan don bilan boqadi. Koʻk K. barcha xonaki K.ning zot boshi hisoblanadi. Koʻk K. va gov K. qisman ovlanadi.
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Xonaki K. ning 200 ga yaqin zoti mavjud boʻlib, ular pochtachi, dekorativ va goʻshtdor guruhlarga boʻlinadi. Pochtachi K. uchganda oson yoʻl topadi. Qadimda ulardan xat tashishda foydalanilgan. Hozir faqat koʻngil ochish maqsadlarida koʻpaytiriladi. Dekorativ K. ajib qiyofasi va patining juda chiroyli boʻlishi (buqoq, yakobin, tovus kaptar) yoki oʻziga xos uchishi (turmanlar, baliqchi qorasimon zotlar) bilan ajralib turadi. Goʻshtdor zotlar yirik (900 g gacha) boʻladi (karno, king, rim zotlari)[1].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.