From Wikipedia, the free encyclopedia
Joseff John Morrell (talaffuzi: Jozef Jon Morrell) (1997-yil 3-yanvarda tugʻilgan) — uelslik professional futbolchi. Joseff Morrell „Portsmouth“ futbol klubi va Uels milliy futbol terma jamoasida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Joseff John Morrell[1] | ||
Tavallud sanasi | 3-yanvar 1997-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Ipswich, Angliya | ||
Boʻyi | 1.85 m[3] | ||
Ampluasi | markaziy yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Portsmouth | ||
Raqami | 16 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
—2013 | Bristol City | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2013—2020 | Bristol City | 1 | (0) |
2016 | → Sutton United (ijara) | 3 | (0) |
2017 | → Margate (ijara) | 2 | (0) |
2017—2018 | → Cheltenham Town (ijara) | 38 | (3) |
2019—2020 | → Lincoln City (ijara) | 29 | (0) |
2020—2021 | Luton Town | 10 | (0) |
2021 | Portsmouth | 43 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2013—2014 |
Uelsning 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi | 6 | (1) |
2014—2015 |
Uelsning 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi | 6 | (0) |
2017—2018 |
Uelsning 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi | 6 | (1) |
2019 | Uels milliy futbol terma jamoasi | 30 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 29-oktyabr uchun) |
Morrell oʻz faoliyatini Thornburydagi „The Castle“ maktabida oʻqiyotgan paytda „Bristol City“ futbol klubining yoshlar jamoasida boshlagan va 2012-yilning dekabr oyida „Liverpool“ futbol klubiga oʻtish taklifini rad etganidan soʻng „Bristol City“ futbo klubi bilan professional shartnoma imzolagan[4][5]. Joseff Morrell klub sagfidagi ilk oʻyinini 2013-yil 8-oktabrda „Wycombe Wanderers“ futbol klubiga qarshi (2:1 hisobida magʻlubiyat) uchrashuvda oʻtkazgan[6].
2016-yil avgust oyida Joseff Morrell Milliy Liga vakili „Sutton United“ futbol klubi safiga dastlab bir oylik ijaraga oʻtishi eʼlon qilindi[7]. Joseff Morrell 2016-yil 13-avgust kuni Sincil Bankda „Lincoln City“ futbol klubi ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda 61 daqiqada zaxiradan maydonga tushdi[8]. Jurnalistlardan biri Morrellni „umumiy raqobatbardosh debyut oʻyinchi“ deb taʼrifladi[9]. U 2016-yil sentyabr oyi boshida asosiy klub safiga qaytishdan oldin „ Torquay United“ va „Maclesfield Town“ futbol klublariga qarshi gʻalabali oʻyinlarda maydonga tushdi.
2017-yilning 24-fevralida Joseff Morrell „Margate“ futbol klubi safiga bir oylik ijara asosida qoʻshildi. Joseff Morrell klub safida „Whitehawk“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (2:0 hisobida magʻlubiyat) ilk oʻyinini oʻtkazdi[10].
2017-yilning 30-avgustida Morrell 2018-yilning yanvarigacha ijara asosida „Cheltenham Town“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[11]. Uning klubdagi birinchi goli „Mansfield Town“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (3:0 hisobida gʻalaba) kiritildi[12].
2019-yilning 27-iyunida Morrell 2020-yilning mayigacha „ Lincoln City“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[13]. U oʻzining birinchi golini 2020-yil 14-yanvarda „Bolton Wanderers“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (5:1) urdi, ammo keyinchalik bu gol Josh Emmanuelning avtogoliga aylandi[14].
2020-yil 7-mart kuni Morrell klub uchun oxirgi oʻyinini „Burton Albion“ futbol klubiga qarshi oʻtkazdi, chunki mavsum COVID-19 pandemiyasi tufayli erta bekor qilingan edi[15].
2020-yil iyun oyida Morrell „Lincoln City“ futbol klubida mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[16].
2019-yilning noyabrida Joseff Morrell „Bristol City“ futbol klubi bilan yangi shartnoma imzoladi[17].
2020-yil 15-oktyabrda Joseff Morrell nomaʼlum toʻlov evaziga „Luton Town“ futbol klubi safiga qoʻshildi[18].
2021-yil 9-avgustda Morrell „Portsmouth“ futbol klubiga nomaʼlum toʻlov evaziga 3 yillik shartnoma bilan (12 oylik uzaytirish bandi ham mavjud) qoʻshildi[19].
Klub | Mavsum | Boʻlim | Liga | Milliy kubok | Liga kubogi | Boshqa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | |||
Bristol City | 2013—2014 | Birinchi liga | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 |
2014—2015 | Birinchi liga | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | |
2015—2016 | Chempionat | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | ||
2016—2017 | Chempionat | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | ||
2017—2018 | Chempionat | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | 1 | 0 | ||
2018—2019 | Chempionat | 1 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | — | 4 | 0 | ||
2019—2020 | Chempionat | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | ||
Jami | 1 | 0 | 3 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 6 | 0 | ||
Sutton United (ijara) | 2016—2017 | Milliy liga | 3 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 3 | 0 | |
Margate (ijara) | 2016—2017 | Milliy liga | 2 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 2 | 0 | |
Cheltenham Town (ijara) | 2017—2018 | Ikkinchi liga | 38 | 3 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 39 | 3 |
Lincoln City (ijara) | 2019—2020 | Birinchi liga | 29 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 32 | 0 |
Luton Town | 2020—2021 | Chempionat | 10 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | 11 | 0 | |
Portsmouth | 2021—2022 | Birinchi liga | 36 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 39 | 0 |
2022—2023 | Birinchi liga | 7 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 10 | 0 | |
Jami | 43 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | 49 | 0 | ||
Jami | 126 | 3 | 6 | 0 | 3 | 0 | 6 | 0 | 142 | 3 |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.