amerikalik aktyor, film produser va musiqachi From Wikipedia, the free encyclopedia
John Christopher Depp II (talaffuzi: Jon Kristofer Depp Ikkinchi; 1963-yil 9-iyunda tugʻilgan) amerikalik aktyor, kinorejissyor, musiqachi, ssenariynavis va kinoprodyuserdir. Oltin globus va Screen Actors Guild sohibi, Oscar va BAFTA nomzodi[1].
Johnny Depp | |
---|---|
Depp Berlin xalqaro kinofestivalida (2023) | |
Tavalludi |
John Christopher Depp II 9-iyun 1963-yil Owensboro, Kentucky, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Aktyor, musiqachi, prodyuser va yozuvchi |
Faoliyat yillari | 1984 — hozir |
Turmush oʻrtogʻi |
|
Bolalari | 2 |
Deppning filmlari AQShda $3 milliard, dunyo boʻylab esa $8 milliarddan ortiq foyda keltirgan. Uning ishtirokidagi eng muvaffaqiyatli loyihalardan Karib dengizi qaroqchilari franshizasi ($3,7 milliarddan ortiq), Alisa moʻjizalar mamlakatida ($1 milliarddan ortiq), Charlie va shokolad fabrikasi ($474 million) va Turist ($278 million) filmlarini misol keltirish mumkin.
Johnny Depp 1963-yil 9-iyunda AQShning Owensboro (Kentucky) shahrida tugʻilgan. Uning otasi Katta John injener boʻlib, onasi esa ofitsiantka boʻlib ishlagan. Uning ikkita singlisi va bitta ukasi bor. Bolaligini birga kechirgan buvasining oʻlimi uning ruhiy holatiga yomon taʼsir qiladi. Floridaga koʻchish ham unga yaxshi taʼsir koʻrsatmaydi. 12 yoshida chekishni boshlaydi, keyinchalik narkotik qabul qila boshlaydi. Depp 15 yoshga toʻlganida ota-onasi ajrashadilar.
Aynan oʻsha paytlarda Depp musiqaga qiziqib qoladi. U musiqaga Owensboroda, buvasi bilan cherkovga borgan paytlari qiziqishni boshlagan edi. Floridada onasi unga gitara sovgʻa qiladi. Uni chalishni oʻzi oʻrganib oladi va Floridaning tungi klublarida chiqish qiladigan „The Kids“ guruhiga kiradi. 16 yoshligida esa Depp butun umrini musiqaga bagʻishlash maqsadida maktabni tashlaydi. Guruh yutuqlarning yoʻlini olib Los-Anjelesga koʻchadi. Hozirda Depp „P“ guruhida oʻynaydi. Yaqinda bu guruhning ochilish konserti boʻlib oʻtdi. Johnnyning yana bir qiziqishi bu rasm chizish. Oʻz guruhlarining albom muqovasi uchun oʻzi rasm chizgan. Bular bilan bir qatorda Depp adabiyotga qiziqadi. Uning sevimli avtorlaridan biri — Jack Kerouac. Uning ijodi oʻsmirlik chogʻida Deppning dunyoqarashiga katta taʼsir qilgan.
20 yoshligida oʻzidan 5 yosh katta Lori Anne Allison ga uylanadi. U Deppni Nicolas Cage bilan tanishtiradi. Shunday qilib uning aktyorlik hayoti boshlanadi. Birinchi filmi — A Nightmare on Elm Street (1984). Lekin musiqa baribir u uchun birinchi oʻrinda edi. Lekin afsuski musiqiy guruhlari tarqaladi. Keyinchalik Depp TV Shoularda chiqadigan boʻldi. Edward Scissorhands filmida Winona Ryder bilan tanishadi va nishonlanadilar.
1994-yil ingliz modeli Kate Moss bilan nishonlanadi. Deppning kino karyerasi borgan sari yuksalib borayotgan edi. 1998-yil Moss bilan ajrashadilar va Depp fransuz qoʻshiqchi va aktrisa Vanessa Paradis bilan tanishadi va Fransiyaga koʻchib keladi. Ularning Lily-Rose Melody (1999-yilda tugʻilgan) va Jack (2002-yilda tugʻilgan) ismli bolalari bor. 2012-yil iyun oyida Depp va Paradis ajralishganini eʼlon qildi[2].
2004-yili Karib dengizi qaroqchilari: Qora marvarid tavqi lanʼati (2003) filmidagi kapitan Jack Chittak roli uchun Oscarga nomzod boʻladi. Ikkinchi nomzodlikni Finding Neverland (2004) filmi orqali oladi.
Johnny Deppning Hollywood „Shon-shuhrat xiyoboni“da oʻz yulduzi bor. Ikki martta Oscar, 6 marta Oltin globus nomzodi boʻlgan boʻlsa-da, Deppga hech qachon bu sovrinlar berilmagan.
Vanessa Paradis bilan ajralishgandan keyin Depp aktrisa Amber Heard bilan uchrashishni boshlaydi. Depp Heard bilan The Rum Diary (2011) filmida birga suratga tushgan[3]. Depp va Heard 2015-yil 3-fevralda turmush qurishdi[4][5]. Heard 2016-yil 23-may kuni ajrashish uchun ariza berdi va Depp bilan munosabatlarida „hal qilib boʻlmas“ tushunmovchiliklar yuzaga kelgani va Deppdan aliment talab qilishi haqida bildirdi[6].
Yil | Nom | Rol | Izohlar | Mnb. |
---|---|---|---|---|
1984 | A Nightmare on Elm Street | Glen Lantz | [7] | |
1985 | Private Resort | Jack Marshall | [7][8] | |
1986 | Platoon | Lerner | [7] | |
1990 | Cry-Baby | Wade "Cry-Baby" Walker | [9] | |
Edward Scissorhands | Edward Scissorhands | [10][9] | ||
1991 | Freddy's Dead: The Final Nightmare | Bir yigit | Epizod rolda | [11][7] |
1993 | Arizona Dream | Axel Blackmar | [7] | |
Benny & Joon | Sam | [10] | ||
What's Eating Gilbert Grape | Gilbert Grape | [10] | ||
1994 | Ed Wood | Ed Wood | [10] | |
1995 | Don Juan DeMarco | Don Juan DeMarco | [12] | |
Dead Man | William Blake | [7][10] | ||
Nick of Time | Gene Watson | [8] | ||
1996 | Cannes Man | Oʻzi | Epizod rolda | [13] |
1997 | The Brave | Raphael | Rejissyor | [8] |
Donnie Brasco | Donnie Brasco | [10] | ||
1998 | L.A. Without a Map | Johnny Depp / William Blake | [14][15] | |
Fear and Loathing in Las Vegas | Raoul Duke | [10] | ||
1999 | The Ninth Gate | Dean Corso | [16] | |
The Astronaut's Wife | kommandor Spencer Armacost | [17] | ||
Sleepy Hollow | Ichabod Crane | [10] | ||
2000 | Chocolat | Roux | [18] | |
Before Night Falls | Bon Bon / Lieutenant Victor | [7] | ||
The Man Who Cried | Cesar | [7] | ||
2001 | Blow | George Jung | [19] | |
From Hell | Frederick Abberline | [20] | ||
2003 | Karib dengizi qaroqchilari: Qora marvarid tavqi lanʼati | kapitan Jack Chittak | [9] | |
Once Upon a Time in Mexico | Sheldon Sands | [21] | ||
2004 | Secret Window | Mort Rainey | [22] | |
Happily Ever After | L’inconnu | Epizod rolda | [23] | |
The Libertine | John Wilmot | [10] | ||
Finding Neverland | J. M. Barrie | [9] | ||
2005 | Charlie va shokolad fabrikasi | Willy Wonka | [10] | |
Corpse Bride | Victor Van Dort | Ovoz bergan | [24] | |
2006 | Karib dengizi qaroqchilari: Murdalar sandigʻi | kapitan Jack Chittak | [19] | |
2007 | Karib dengizi qaroqchilari: Dunyolar chegarasida | kapitan Jack Chittak | [19] | |
Sweeney Todd: The Demon Barber of Fleet Street | Sweeney Todd | [25] | ||
2009 | The Imaginarium of Doctor Parnassus | Imaginarium Tony 1 | Epizod rolda | [26] |
Public Enemies | John Dillinger | [27] | ||
2010 | Alice moʻjizalar mamlakatida | Tarrant Hightopp | [10] | |
The Tourist | Frank Tupelo | [28] | ||
2011 | Rango | Rango / Lars / Raoul Duke | Ovoz bergan | [10] |
Karib dengizi qaroqchilari: Nomaʼlum sohillarda | kapitan Jack Chittak | [10] | ||
The Rum Diary | Paul Kemp | Prodyuser | [7] | |
Jack and Jill | Oʻzi | Epizod rolda | [29] | |
Hugo | N/A | Faqat prodyuser | [30] | |
2012 | 21 Jump Street | Tom Hanson | Epizod rolda | [31] |
Dark Shadows | Barnabas Collins | [32] | ||
2013 | The Lone Ranger | Tonto | Ijrochi prodyuser | [10] |
Lucky Them | Matthew Smith | Epizod rolda | [33] | |
2014 | Transcendence | Will Caster | [34] | |
Tusk | Guy Lapointe | [8] | ||
Into the Woods | Wolf | [35] | ||
2015 | Mortdecai | Charles Mortdecai | Prodyuser | [10] |
Black Mass | Whitey Bulger | [10] | ||
2016 | Alice sehrli oyna ortida | Tarrant Hightopp | [36] | |
Jodu saltanati | Gellert Grindelwald | [37] | ||
Yoga Hosers | Guy Lapointe | [38] | ||
Donald Trump's The Art of the Deal: The Movie | Donald Trump | [39] | ||
2017 | The Black Ghiandola | Nuclear Med Tech | Qisqa metrajli film | [40] |
Sharqiy ekspressdagi qotillik | Edward Ratchett | [41][42] | ||
Karib dengizi qaroqchilari: Murdalar ertak aytmaydi | kapitan Jack Chittak | [43] | ||
2018 | Sherlock Gnomes | Sherlock Gnomes | Ovoz bergan | [44] |
London Fields | Chick Purchase | Epizod rolda | [45] | |
Jodu saltanati 2: Grindelwaldning jinoyati | Gellert Grindelwald | [37] | ||
The Professor | Richard Brown | [46] | ||
City of Lies | Russell Poole | [47] | ||
2019 | Waiting for the Barbarians | Colonel Joll | [48] | |
2020 | Minamata | W. Eugene Smith | Prodyuser | [49] |
2023 | Jeanne du Barry | Louis XV | [50] |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.