Jinsiy dimorfizm - bu bir xil turdagi organizmlarning erkak va urgʻochi jinslari orasidagi koʻpayishda bevosita ishtirok etmaydigan (yaʼni jinsiy aʼzolardan tashqari) farqlari yigʻindisi.[1] Jinsiy dimorfizm hayvonlardan tashqari va ba'zi o'simliklarda ham uchraydi. Farqlar ikkilamchi jinsiy xususiyatlar, oʻlcham, vazn, rang, belgilar yoki xatti-harakatlar yoki kognitiv xususiyatlarni oʻz ichiga olishi mumkin. Bu farqlar oddiy yoki murakkab boʻlishi mumkin hamda tabiiy tanlanish natijasida yuzaga keladi. Dimorfizmning qarama-qarshi jarayon monomorfizmdir, ya'ni har ikkala biologik jins fenotipik jihatdan bir-biridan farq qilmaydi.[2]

Thumb
Mandarin oʻrdaklari oʻrtasidagi jinsiy dimorfizm (chapda-erkak; oʻngda-urgʻochi)

Ranglar dimorfizmi

Dimorfizmning keng tarqalgan va oson aniqlanadigan turi ranglar dimorfizmi hisoblanadi. Ma'lum bir tur ichidagi jinslarning rangidagi farq jinsiy dikromatizm deb ataladi, bu odatda qushlar va sudralib yuruvchilarning koʻp turlarida kuzatiladi.[3] Jinsiy tanlash, asosan, juft tanlash uchun raqobatda ishlatiladigan murakkab dimorf belgilarga olib keladi. Tovuslarda jinsiy dimorfizmning yorqin tasvirini koʻrish mumkin. Tovuslarning zeb-ziynatli patlari erkaklarini oʻziga jalb qiladi. Bir qarashda urgʻochi tovuslar va erkak tovuslarni butunlay boshqa turlar deb adashtirib qoʻyish mumkin.[4]  Tovusning patlari yirtqichlarga nisbatan zaifligini oshiradi, chunki u parvozga toʻsqinlik qiladi va umuman olganda, qushni koʻzga tashlanadigan qiladi.[4]  Shunga oʻxshash misollar juda koʻp boʻlib, ularga jannat qushlari va argus qirgʻovullarini misol keltirish mumkin. Jinsiy dixromatizmning yana bir misoli - "blue tit" qushlarida koʻrish mumkin. Erkaklar xromatik jihatdan urgʻochilarga qaraganda koʻproq sariq rangga ega. Bu koʻp miqdorda karotinoidlar lutein va zeaksantinni oʻz ichiga olgan yashil Lepidopteran lichinkalarini yeyish orqali deb taxmin qilinadi.[5] Qurbaqalar dimorfizmning yana bir yorqin misolidir. Baqa turlari uchun ikki xil dikromatizm mavjud: ontogenetik va dinamik. 

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.