From Wikipedia, the free encyclopedia
Jean-Paul Charles Aymard Sartre (talaffuzi: Jan-Pol Sharl Emar Sartr; 21-iyun 1905, Parij — 15-aprel 1980, Parij) — marksist yoʻnalishidagi fransuz ateistik faylasuf-ekzistensialisti (1952—1954-yillarda Sartre marksizmga yaqin pozitsiyalarni egallagan), yozuvchi, dramaturg va essechi.
Jean-Paul Sartre | |
---|---|
Tavalludi |
21-iyun 1905-yil (Parij, Fransiya) |
Vafoti |
1980-yil 15-aprel (74 yoshda) (Parij, Fransiya) |
Fuqaroligi | Fransiya |
Olgan taʼsirlari | Kant, Hegel, Marx, Dostoyevsky, Kierkegaard, Nietzsche, Husserl, Heidegger, Jaspers, De Beauvoir, Camus, Kojève, Flaubert, Céline, Merleau-Ponty |
Otasi | Jean-Baptiste Sartre |
SARTR (Sartre) Jan Pol (1905.21.6 Parij — 1980.15.4) — fransuz yozuvchisi, faylasuf va publitsist. Fransuz ekzistensializmi namoyandasi. 1941—44 yillarda Fransiya Qarshilik koʻrsatish harakatida qatnashgan. S.ning siyosiymafkuraviy qarashlaridagi ziddiyat va oʻzgarishlar uning "Holatlar" nomli 9 ta kitobida koʻrsatilgan. 1952 yil tinchlik tarafdorlarining harakatiga qoʻshilib, kolonial tuzum va irqchilikka qarshi maʼruzalar oʻqigan. Sotsialistik mamlakatlarni qoʻllab-quvvatlagan. 1952 yil Vengriya voqealaridan soʻng S.ning Sovet davlati va umuman sotsialistik mamlakatlarga boʻlgan munosabati keskin oʻzgargan. S.ning idealistik falsafasi inson mavjudligining taxliliga qaratilgan ateistik ekzistensializmning koʻrinishi boʻlgan. S. inson va tabiat oʻrtasidagi tafovutni insonning mavjudligi va oʻz oldidagi majburiyatlari doirasidan chiqib keta olmasligiga bogʻlaydi. S.ning inson maʼnaviyati va moddiy olam oʻrtasidagi tafovutni yengishga qaratilgan harakatlari aslida antropologiya va psixoanalitik usullarning yigʻindisidan iborat. Oʻzining nafosat va adabiyotga bagʻishlangan "Adabiyot nima" (1947), "Bodler" (1947), "Avliyo Jene, masharaboz va jafokash" (1952) kabi asarlarida S, ozmoz boʻrttirib boʻlsa ham, yozuvchining hozirgi zamon tarixida roʻy berayotgan barcha hodisalar uchun javobgar ekanligini qatʼiy taʼkidlab oʻtgan. "Koʻngil aynash" (1938), "Devor" (1939), "Ozodlik yoʻllari" (1945— 49), "Yopiq eshik ortida" (1945), "Iblis va Xudo" (1951), "Altona mahbuslari" (1960) kabi asarlarida falsafiy fikrlarini hayotiy tajriba bilan, afsonani jurnalistlarga xos boʻlgan realistik qarashlar bilan birlashtirishga harakat qilgan. S.ning ijodi Fransiya va boshqa mamlakatlarning maʼnaviy hayotiga oʻz taʼsirini koʻrsatgan. Nobel mukofoti laureati (1964).[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.