Jamila Baspakova
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Jamila Tolegenovna Baspakova (1966-yil 15-yanvarda Qozogʻiston Respublikasi, Qaragʻanda viloyati, Temirtau shahrida tugʻilgan. Qozogʻistonlik opera qoʻshiqchisi (lirik-koloratura soprano ijrochisi). 1999-yilda Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xodim faxriy unvoniga, 1994-yil Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist unvoniga sazovor boʻlgan. 1994-yildan Abay nomidagi Qozogʻiston davlat opera va balet teatri yetakchi opera-yakkaxoni sanaladi.
Jamila 1966-yil 15-yanvarda Qaragʻanda viloyatining Temirtau shahrida dunyoga kelgan.
U 1987-yil Temirtau shahridagi musiqa bilim yurtini tamomlaydi.
1987-1992-yillarda Kurmangaz nomidagi Olmaota davlat konservatoriyasini vokal fakultetida tahsil olib, (Qozogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist S.G.Kurmangaliyeva professor qoʻlida) tamomlaydi.
1992-1993-yillarda (Italiya, Ozimo shahrida) sanʼat-opera akademiyasida professor Mario Melanida qoʻlida malakasini oshiradi.
Jamila Baspakova 1994-yildan shu davr mobaynigacha Abay nomidagi Qozogʻiston davlat opera va balet teatri yetakchi yakkaxoni sifatida faoliyat yuritadi.
U 2013-yildan Kurmangaz nomidagi Qozogʻiston milliy konservatoriyasida oʻqituvchi boʻlib ishlaydi.
Abay nomidagi Qozogʻiston davlat opera va balet teatri
MDH mamlakatlari boʻylab bir qancha xizmat safarlarida boʻlgan: Toshkent, Bishkek, Ashxobod, Omsk, Orenburg, Ashxobod opera teatrida, Xarkov, Qozonda. Moskvadagi Katta teatrlarda, Maslahatlar uyi zalida, Sankt-Peterburg Tavrich Saroyi, Parij-Pliyed zalida, Germaniya Bonn, Berlin, Frankfurtmayn, Gollandiya va Belgiya shaharlarining nufuzli zallarida ham kuylagan.
Vokal tanlovi mukofotlari:
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.