Jami Gertz

amerikalik aktrisa From Wikipedia, the free encyclopedia

Jami Gertz
Remove ads

Jami Beth Gertz (1965-yil 28-oktabrda tugʻilgan) – amerikalik aktrisa va investor. Gertz oʻzining dastlabki rollarini Crossroads, The Lost Boys, Less Than Zero va Quicksilver filmlari, 1980-yillardagi Square Pegs teleseriali va 1996-yilgi Twister filmlarida amalga oshiradi. Shuningdek, CBSning Still Standing sitkomidagi Judy Miller roli va ABC efirga uzatgan The Neighbors serialidagi Debbie Weaver rollari orqali tanilgan. Aktrisa turmush oʻrtogʻi Tony Ressler bilan birga Amerika milliy basketbol assotsiatsiyasining Atlanta Hawks klubining bir qismi egasidir.

Qisqa faktlar Tavalludi, Fuqaroligi ...
Remove ads
Remove ads

Yoshligi

Gertz Illinois shtatining Chicago shahrida tugʻilgan va Glenview shahrida oʻsib ulgʻaygan[1]. U davlat maktablarida oʻqigan, xususan, Maine East High School tamomlagan[2]. Uning ota-onasi quruvchi Sharyn hamda pudratchi Walter Gertz sifatida faoliyat yuritishgan[3][4]. Jamining Michael va Scott ismli ikkita ukasi bor. Yahudiy boʻlgan Gertz konservativ iudaizmda taʼsirida tarbiyalangan[5][6][7].

Faoliyati

Aktrisa Norman Lear tomonidan milliy isteʼdod izlash dasturi orqali topilgan. U New York universitetida dramaturgiya boʻyicha tahsil olgan[8]. Yoshlik paytlarida Andrew Dice Clay bilan birgalikda Diff'rent Strokes serialining bir epizodida ishtirok etgan. U, shuningdek, Blairning doʻsti va sinfdoshi Boots St. Clair sifatida The Facts of Life filmida takroriy rol oʻynagan. Gertz oʻzining kinolardagi debyutini 1981-yilda Endless Love ishqiy filmida amalga oshiradi. Shundan soʻng, 1982—1983-yillarda Square Pegs teleserialida bosh rol ijro etgan.

1987-yilda Robert Downey tomonidan tasvirlangan mahkum giyohvand obrazning doʻsti sifatida Less Than Zero filmidagi bosh roli bilan koʻproq eʼtibor qozonishga muvaffaq boʻldi. U 1987-yilda suratga olingan The Lost Boys filmida Kiefer Sutherland va Jason Patric bilan birgalikda bosh qahramonning vampir sevgilsi rolini oʻynadi.

Remove ads

Shaxsiy hayoti

Gertz 1989-yilda beri biznes boshqaruvchisi Tony Ressler bilan turmush qurgan. Ularning uch nafar Oliver Jordan Ressler (1992-yilda tugʻilgan), Nicholas Simon Ressler (1995-yilda tugʻilgan) va Teo Ressler (1998-yilda tugʻilgan) ismli oʻgʻil farzandlari bor[9][10][11].

Filmografiyasi

Filmlarda

Batafsil maʼlumot Yil, Sarlavha ...

Televizion rollari

Batafsil maʼlumot Yil, Sarlavha ...
Remove ads

Manbalar

Loading content...

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads