It Ends with Us (film)
From Wikipedia, the free encyclopedia
It Ends with Us – 2024-yilda Colleen Hooverning xuddi shu nomli romani asosida suratga olingan romantik film. Columbia Pictures tomonidan Wayfarer Studios va Saks Pictures studiyalari bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan ushbu filmda bosh rollarni Blake Lively, Baldoni, Jenny Slate, Hasan Minhaj, Amy Morton va Brandon Sklenarlar ijro etishgan.
It Ends with Us | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Justin Baldoni |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) | Christy Hall |
Qaysi asarga asoslangan |
It Ends with Us – Colleen Hoover |
Rollarda |
|
Studiya(lar) |
|
Distribyutor | Sony Pictures Releasing |
Chiqarilgan sanasi | |
Mamlakat | AQSh |
Til | inglizcha |
„It Ends with Us「 filmining premyerasi 2024-yil 6-avgustda Nyu-York shahridagi AMC Linkoln maydonida boʻlib oʻtgan. 9-avgustda esa Sony Pictures kompaniyasi tomonidan Amerika Qo『shma Shtatlarida keng namoyishga chiqarilgan. Film tanqidchilardan turli xil fikrlar olgan boʻlsa-da, kassa yigʻimida katta muvaffaqiyatga erishgan. Filmni suratga olish ishlariga jami 25 million dollar sarflangan boʻlsa, butun dunyo boʻylab 349,3 million dollar daromad keltirgan.
Rollarda
- Blake Lively – Lily Bloom rolida
- Isabela Ferrer – Lilyning yoshligi rolida
- Justin Baldoni – Ryle Kincaid rolida
- Brandon Sklenar – Atlas Corrigan rolida
- Alex Neustaedter – Atlasning yoshligi rolida
- Jenny Slate – Allysa rolida
- Hasan Minhaj – Marshall rolida
- Amy Morton
Ishlab chiqarish
2019-yil iyul oyida Justin Baldoni oʻzining Wayfarer Entertainment kompaniyasi orqali suratga olingan filmga moslashtirish uchun Coleen Hooverning romanini tanlagan[1]. 2023-yil yanvar oyida Blake Lively Lily Bloom roliga taklif etilgan. Ryle Kincaid rolini ijro etadigan Baldoni filmga rejissyorlik qilgan, Christy Hall esa ssenariyni filmga moslashtirgan[2][3]. 2023-yil aprel oyida Atlas rolini oʻynash uchun Brandon Sklenar taklif etilgan[4]. Suratga olish ishlari Nyu-Jersi shtatining Hoboken shahrida 2023-yil 5-may sanasida boshlangan[5].
Chiqarilishi
Film dastlab 2024-yilning 9-fevralida va 2024-yilning 21-iyunida kinoteatrlarda namoyish etilishi rejalashtirilgan edi, ammo chiqilish sanasi 2024-yil 9-avgustga koʻchirildi[6][7][8].
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.