Isfet

Isfet yoki Asfet (misrcha „izfit“ — „tartibsizlik“, „adolatsizlik“, „zoʻravonlik“)[1] — qadimgi Misr falsafasi va mifologiyasidagi xos tushuncha. Maatning qonuniyligi tamoyillariga qarshi. Bir vaqtning oʻzida yaratilgan Maat va Isfet yolgʻiz mavjud boʻlolmaydi[2] va dunyo uygʻunligi uchun ularning kuchlari muvozanatda boʻlishi lozim[3].

Isfet hamma narsadan ilgari tartibsizlik shaklida mavjud boʻlgan va hozirgacha yaratilgan koinotni oʻrab olgan[4]. Tabiat va yovvoyi hayvonlar, choʻl, begona yurt va odamlar, jinoyatchilar Isfet[4][5] tasarrufida hisoblangan. Agar „qonuniylik“ Maat maʼbuda qiyofasida timsollangan boʻlsa, Isfet Apopa[6][7] kabi betartiblik yirtqichlarini ramziy qildi. Shuningdek, yovuzlik xudosi Set[8] uning tamoyillariga amal qilgan edi.

Isfetga qarshi asosiy kurashchi va yer yuzidagi dunyo tartibi uchun mas’ul boʻlgan fir’avn marosimlarni oʻtkazgan va gʻalabali urushlar olib borgan. Yovuz hukmdor xalqqa ochlik, yoʻqotish, koʻrlik keltirishi mumkin edi[9].

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.