From Wikipedia, the free encyclopedia
Ippologiya (yunoncha: — ot va ...logiya) — otlar toʻgʻrisidagi fan. I.ga oid birinchi yozma asarlar mil. av. bir necha yuz yil oldin Yunonistonda vujudga kelgan boʻlib, unda otning gavda tuzilishi, feʼl-atvori va otlardan foydalanish kabi maʼlumotlar bayon etilgan. Keyingi ayerlarda I. doirasi to-bora kengayib bordi. 20-asr boshlariga kelib I. otlarning evolyusiyasi va ularni xonakilashtirish; anatomiyasi va fiziologiyasi; urchitish usullari va koʻpaytirish biologiyasi; zotlarni tako-millashtirish va yangi ot zotlarini yaratish, naslchilik ishlari; ot sinovlarini oʻtkazish; otda yurish sanʼati va nazariyasi; milliy ot oʻyinlari va b. haqidagi koʻpgina boʻlimlarni oʻz ichiga olgan fanga aylandi. Oʻrta Osiyo otlarni xonakilashtirishning qad. madaniy markazlaridan biri hisoblanadi (qarang Yilqichilik).
Ad.:Toʻraqulov 3. T., XolmirzayevD., Muxtorov A., Yilqichilik. T., 1985.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.