From Wikipedia, the free encyclopedia
Ilya Kovalenko (1980-yil 17-aprel) – qirgʻizistonlik futbolchi, hujumchi, Oʻzbekiston fuqaroligiga ham ega. Qirgʻiziston terma jamoasida oʻynagan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 17-aprel 1980-yil | ||
Tavallud joyi | Qirgʻiziston SSR, USSR | ||
Boʻyi | 185 cm (6 ft 1 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Faoliyatini yakunlagan | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1995 | Semetey | 8 | |
1996 | Metallurg | 20 | (3) |
1997 | Semetey | 7 | |
1998-2009 | Neftchi | 189 | (45) |
2010 | Metallurg | 12 | (2) |
Milliy terma jamoa | |||
2000-2001 | Qirgʻiziston | 8 | (2) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Kattalar futbolida u 15 yoshida „Semetey“ (Qizil-Qiya) klubi tarkibida oʻynay boshladi, 1995-yilda Qirgʻiziston chempionatining bronza medali sovrindori va mamlakat kubogi sohibiga aylandi. 1996-yilda „Semetey“ning koʻp oʻyinchilari bilan birgalikda u „Metallurg“ga (Qadamjay) koʻchib oʻtdi va unda mamlakat chempioni va Kubok finalchisi boʻldi. 1997-yilda yana „Semetey“ safida oʻynadi.
1998-yilda Oʻzbekistonning „Neftchi“ (Fargʻona) klubiga oʻtib, keyingi 12 mavsumni shu yerda oʻtkazdi. Oʻzbekiston chempionati chempioni (2001), kumush (1998, 1999, 2000, 2002, 2003, 2004, 2006) va bronza (2008) sovrindori, Oʻzbekiston kubogi finalchisi (1998, 2001, 2002) boʻlgan.) Vaholanki, barcha mavsumlarda ham asosiy tarkibda mustahkam oʻyinchi boʻlgan emas. Hujumchi uchun eng samaralisi 2004-yilgi mavsum boʻlib, u 12 ta gol urgan. Umumiy hisobda Fargʻona klubi tarkibida Oʻzbekiston oliy ligasida 189 ta oʻyin oʻtkazib, 45 ta gol urgan. „Neftchi“dagi oʻyinlari davomida Oʻzbekiston fuqaroligini qabul qilgan.
Faoliyatining yakunida bir mavsumni Oʻzbekistonning „Metallurg“ (Bekobod) klubida oʻtkazdi.
U Qirgʻiziston olimpiya terma jamoasida oʻynagan, 2000-yilgi Olimpiadaga saralash turnirida toʻrtta gol (Turkmaniston va Qozogʻiston darvozasiga dubl) kiritgan. 2000-yil 15-noyabrda Estoniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Qirgʻiziston terma jamoasida debyut qilgan.[1] U milliy terma jamoadagi ilk golini 2001-yilning 3-fevralida Singapurga qarshi jahon chempionati saralash oʻyinida kiritdi.[2] Umuman olganda, 2000-2001-yillarda milliy terma jamoa safida 8 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan. Keyinchalik, xorijda toʻp surgan koʻplab qirgʻizistonlik futbolchilar singari, u ham klubda legioner hisoblanmaslik uchun terma jamoada oʻynashdan bosh tortdi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.