Ilhom Xalimovich Sharipov (oʻzbekcha: Илҳом Халимович Шарипов; 1968-yil24-fevral) — sovet va oʻzbek futbolchisi, yarim himoyachi. Hozirda murabbiy.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ilhom Xalimovich Sharipov | ||
Tavallud sanasi | 24-fevral 1968-yil | ||
Tavallud joyi | Namangan, Oʻzbekiston SSR | ||
Boʻyi | 175 sm | ||
Ampluasi | Yarimhimoyachi | ||
Mukofotlari | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1986—1989 | Dinamo (Samarqand) | 101 | (20) |
1987 | → Paxtakor | 15 | (0) |
1989 | → SKA-RShVSM (Angren) | 14 | (0) |
1990—1995 | Paxtakor | 152 | (15) |
1995—1999 | Navbahor | 61 | (12) |
1999—2000 | Samarqand | 31 | (5) |
2001 | Doʻstlik | 6 | (2) |
2002 | Esil-Bogatyr | 11 | (0) |
2002—2004 | Samarqand-Dinamo | 36 | (5) |
Milliy terma jamoa | |||
1992—2001 | Oʻzbekiston | 32 | (2) |
Boshqargan klublari | |||
2006-2011 | Paxtakor | ||
2016 | Dinamo (Samarqandi) | ||
2017 | Dinamo (Samarqandi) murabbiyi | ||
2018—2020 | Dinamo (Samarqandi) bosh menejer | ||
– | Dinamo (Samarqand) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Tarjimai holi
Dastlab oʻz faoliyatini 1986-yilda Samarqandning „Dinamo“ jamoasida boshlagan. 1987-yilning oʻrtalarida Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga taklif qilingan, biroq oradan maʼlum vaqt oʻtib „Dinamo“ga qaytib, 1989-yilgacha „Dinamo“da faoliyatini davom ettirgan.
1990-yilda yana „Paxtakor“ jamoasiga oʻtadi, klubda 1995-yilgacha faoliyat yuritadi. U maydon markazida Xoren Ovannisyan, Mirjalol Qosimov va Andrey Pyatnitskiy bilan muvaffaqiyatli oʻyin namoyeish etib muhlislar olqishiga sazovor boʻlgan. 1991-yilda „Paxtakor“ tarkibida toʻp surgan vaqtida SSSR chempionati oliy ligasida oʻynagan. Jamoa oʻsha davrda yuqori yaxshi natijalarni qayd etgan. SSSR parchalanganidan soʻng, Paxtakor Oʻzbekiston chempioni va kubogi sohibi boʻldi. Keyin esa, Sharipov navbatdagi guruh almashinuvini amalga oshirib „Navbahor“ klubiga oʻtdi. Namangan klubi tarkibida ham yaxshi natijalarni qayd etdi, uning jamoasi ikkinchi bor Oʻzbekiston chempioni boʻldi.
Osiyo oʻyinlari
Oʻz faoliyati davomida u terma jamoa tarkibida ham toʻp surdi. Oʻzbekiston Milliy terma jamoasi 1994-yili Yaponiyada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida munosib natijani qayd etdi. Oʻzbekiston terma jamoasi Oltin medalni qoʻlga kiritib Osiyo oʻyinlari chempioni boʻldi. 2006-yil noyabr oyida Sharipovning futbolda xayrlashuv uchrashuvi boʻlib oʻtdi[1]. U oʻyinchi sifatida faoliyatini yakunlagan boʻlsada, lekin futbolni tarak etmadi. „Paxtakor“ klubi tarkibida murabbiy boʻlib faoliyatini davom ettirdi[2].
Davlat mukofotlari va unvonlari
Uning sport soxasiga aynan futbolni rivojlantirish va targʻib etishda qoʻshgan hissasi hukumat tomonida yuksak baholanib, 1994-yil 5-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan — Respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdagi xizmatlari, Xirosimada oʻtkazilgan XII Osiyo oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etganliklari uchun Oʻzbekiston terma jamoasi va murabbiylari „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan[3].
Yutuqlari
Oʻyinchi sifatida
- Oʻzbekiston chempioni (3): 1992, 1996, 2001
- Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori (1): 1993-yil
- Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori (1): 1997-yil
- Oʻzbekiston kubogi sohibi (1): 1993-yil
- Oʻzbekiston Superkubogi sohibi (1): 1997-yil
- Osiyo oʻyinlari chempioni (1): 1994-yil
Manbalar
Havolalar
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.