Remove ads
From Wikipedia, the free encyclopedia
Hoshim Arslonov – kino va teatr aktyori. Kino, teatr va dublyaj sohasida samarali faoliyat olib borgan. 2020-yilning 29-may kuni saraton kasalligidan vafot etgan[1].
Arslonov „Margʻiyona“ (1996), „Otamdan qolgan dalalar“ (1997), „Alpomish“ (2000), „Xoʻja Nasriddin: Oʻyin boshlandi“ (2006), „Chavandoz“ (2007), „Qasos“ (2011) va boshqa filmlarda suratga tushgan[2]. Uning kinodagi soʻnggi ishi 2019-yilda suratga olingan „101-reys“ filmi boʻlib qoldi. Bu filmda Hoshim Arslonov layner bosh uchuvchisi samolyot kapitani obrazini gavdalantirdi. Italiyaning Iskya shahrida xalqaro kinofestivalda „Ulugʻbek. Osmon toqiga qoʻyilgan narvon“ filmidagi roli uchun gʻoliblikni qoʻlga kiritgan va sovrindor boʻlgan[3].
Hoshim Arslonov dublyaj sohasida uzoq va samarali faoliyat olib borib, minglab kino-film va seriallarni ovozlashtirishda qatnashgan. Karib dengizi qaroqchilari, Garri Potter, Uzuklar Hukumdori kabi filmlarda bosh qahramonlarga ovoz bergan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.