Hojimat Erkinov
oʻzbekistonlik futbolchi (2001–) From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Hojimat Botirovich Erkinov (oʻzbekcha: Ҳожимат Ботир ўғли Эркинов; 2001-yil 29-mayda tugʻilgan) – oʻzbek futbolchisi, Abu-Dabining „Al-Vahda“ klubi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi yarim himoyachisi.
Remove ads
Remove ads
Klublardagi faoliyati
Paxtakor
„Paxtakor“ futbol akademiyasi oʻyinchisi. 2019-yilning yozida „Qoʻqon 1912“ futbol klubi tomonidan ijaraga olingan[2]. 2020-yilning birinchi yarmini AGMK jamoasida ijarada oʻtkazdi[3].
2020-yilning 9-sentabr kuni „Paxtakor“ jamoasi safida „Metallurg“ jamoasiga qarshi oʻyinning 76-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan[4].
Torpedo
2022-yil 8-iyulda u Moskvaning „Torpedo“ klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi[5][6][7]. 2023-yil 4-iyulda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga ijara asosida yarim mavsumga qaytdi[8][9].
Al Vahda
2024-yil fevral oyida BAAning „AL Vahda“ jamoasiga Moskvaning „Torpedo“ jamoasi tominidan mavsum soʻngiga qadar ijaraga berilgan[10]. Keyinchalik esa „Al Vahda“ jamoasi Erkinovni sotib olgani va „Torpedo“ jamoasiga 300 000 yevro oʻtkazib bergani xabar qilindi. „Al Vahda“ jamoasi Erkinov bilan 2026-yil 30-iyunga qadar shartnoma imzolagan maʼlum qilingan[11].
Remove ads
Terma jamoalardagi faoliyati
Yoshlar jamoalarida oʻynagan. Oʻzbekiston asosiy terma jamoasi safida Tojikistonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushgan[12].
Oʻyinlar statistikasi
Klublarda
- 28-avgust 2022-yil holatiga
Jamoa oʻyinlari
- 29-mart 2022-yil holatiga
Statistics accurate as of match played 16 November 2022.
Remove ads
Yutuqlar
- Paxtakor safida
Oʻzbekiston chempioni (3): 2020, 2021, 2023
Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2020
Oʻzbekiston Superkubogi sohibi (2): 2021, 2022
Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2021
- Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi (23 yoshgacha)
AFC U-23 Osiyo kubogi kumush medali sovrindori: 2022
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads