From Wikipedia, the free encyclopedia
Herta Müller (1953-yil 17-avgustda tugʻilgan) asli ruminiyalik boʻlgan nemis yozuvchisi, shoiri, esseynavisi, 2009-yil adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati. U Ruminiyaning Timiş okrugiga qarashli Nițchidorf shahrida tugʻilgan (nemischa: ), ona tili nemis tili. 1990-yillarning boshidan buyon u xalqaro miqyosda tan olingan yozuvchi hisoblanadi. Uning asarlari yigirmadan ortiq tilga tarjima qilingan[3].
Herta Müller | |
---|---|
Herta Müller, 2019-yil | |
Tavalludi | 1953-yil, 17-avgust |
Ijod qilgan tillari | Nemis tili[1] va Rumin tili |
Fuqaroligi | Germaniya va Ruminiya[2] |
Faoliyat yillari | 1982-yildan hozirgacha |
Faoliyat turi | Yozuvchi, shoir |
Mukofotlari |
Kleist Prize (1994) International Dublin Literary Award (1998) Franz Werfel Human Rights Award (2009) Nobel Prize in Literature (2009) |
Müller asosan Ruminiya Sotsialistik Respublikasi sharoitida repressiv Nikolae Chaushesku rejimi ostida oʻzi boshdan kechirgan zoʻravonlik, shafqatsizlik va terror yaqqol tasvirlangan asarlari bilan mashhur. Uning koʻpgina asarlari Ruminiyadagi ozchilik nemislar nuqtai nazaridan yoritilgan boʻlib, ularda Banat va Transilvaniyadagi nemislarning zamonaviy tarixi tasvirlangan. Uning 2009-yilda mashhur boʻlgan "The Hunger Angel" (Atemschaukel) romani SSSR Ruminiyani bosib olganida, nemislarning majburiy mehnatidan foydalanish uchun Ruminiyadagi ozchilik nemislarning sovet gulaglariga deportatsiya qilinishini aks ettiradi.
Müller hozirgi kunga qadar yigirmadan ortiq mukofotga sazovor boʻlgan, jumladan Kleist Prize (1994), Aristeion Prize (1995), International Dublin Literary Award (1998) va Franz Werfel Human Rights Award (2009). 2009-yil 8-oktyabrda Shvetsiya akademiyasi unga adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti berilganini eʼlon qildi va uni „sheʼriyat va nasrning ochiqligi bilan mulkdan mahrum boʻlganlar hayotini mohirona aks ettiruvchi“ ayol sifatida taʼrifladi[4].
Müller Nițchidorfdagi (nem. Nitzkydorf; vengercha: Niczkyfalva) Banat Swabian katolik[5] fermerlari oilasida tugʻilgan, 1980-yillargacha 1920-yilgacha Vengriya Qirolligi tarkibida boʻlgan Ruminiya janubi-gʻarbidagi nemis tilida soʻzlashuvchi Banat qishlogʻida yashagan. Uning oilasi Ruminiyadagi nemis ozchiligining bir qismi edi. Uning bobosi boy dehqon va savdogar boʻlgan, ammo mulki kommunistik rejim tomonidan musodara qilingan. Otasi Ikkinchi Jahon urushi paytida Waffen SS aʼzosi boʻlgan va Kommunistik Ruminiyada yuk mashinasi haydovchisi boʻlib ishlagan[4]. 1945-yil, 1928-yilda tugʻilgan onasi Katarina Gion, 17 yoshida Sovet Ittifoqidagi majburiy mehnat lagerlariga deportatsiya qilingan 100 000 nemis ozchiligi orasida edi. Ayol 1950-yilda ozod qilingan[4][6][7]. Müllerning ona tili nemis tili; u rumin tilini faqat grammatikada oʻrgangan[8]. U Nikolaus Lenau oʻrta maktabini tugatgan va Timişoara Gʻarbiy universitetida German studies and Romanian literature fakulteti talabasi boʻlgan.
1976-yilda Müller muhandislik zavodida tarjimon boʻlib ishlay boshladi, biroq 1979-yilda kommunistik rejimning maxfiy politsiyasi Sekuritate bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani uchun ishdan boʻshatildi. Ishdan boʻshatilganidan soʻng, u dastlab bolalar bogʻchasida oʻqituvchilik qilib, nemis tilidan darslar berib tirikchilik qildi.
Müllerning birinchi kitobi „Niederungen“ (Nodirlar) Ruminiyada nemis tilida 1982-yilda nashr etilgan va Kommunistik Yoshlar Ittifoqi Markaziy Qoʻmitasining mukofotiga sazovor boʻlgan. Kitob nemis-madaniyatiga asoslanuvchi Banat hayotiga nisbatan bir bolaning qarashlari haqida edi[9]. Banat Swabian hamjamiyatining baʼzi aʼzolari Müllerni qishloq hayotini noaniq tasvirlab, „oʻz uyasiga choʻp suqqani“ uchun tanqid qilishdi[10]. Müller Nikolae Chaushesku hukumati davridagi senzura tufayli soʻz erkinligini olgʻa suruvchi Ruminiyadagi nemiszabon yozuvchilar guruhi Aktionsgruppe Banat aʼzosi edi va uning asarlari, jumladan , „Land of Green Plums“ mavzusi aynan shu masalalarga bagʻishlangan[11][12]. Müllerning ishi boʻyicha mas’ul xavfsizlik xodimi Radu Tinu yozuvchi qachondir taʼqibga uchraganini rad etdii[13]. Bu 2009-yil iyul oyida Germaniyaning Die Zeit haftalik gazetasida Müller ustidan (davom etayotgan) taʼqiblar haqidagi oʻz gaplariga butkul qarshi edi[14].
1985-yilda Gʻarbiy Germaniyaga koʻchib oʻtishga ruxsat berilmaganidan soʻng, Müller nihoyat 1987-yilda oʻsha paytdagi eri, yozuvchi Richard Wagner bilan birga ketishga ruxsat oldi va ular Gʻarbiy Berlinga joylashib, u yerda yashay boshlashdi[15]. Keyingi yillarda u Germaniya va xorijdagi universitetlarda maʼruzalar qilish boʻyicha takliflarni qabul qildi. Müller 1995-yilda Deutsche Akademie für Sprache und Dichtung aʼzoligiga saylangan va undan keyin boshqa faxriy lavozimlarni egallagan. 1997-yilda u Germaniyaning PEN markazi sobiq Germaniya Demokratik Respublikasi boʻlimiga qoʻshilishiga norozilik bildirish uchun uni tark etdi. 2008-yil iyul oyida Müller Ruminiya Madaniyat Instituti prezidenti Horia-Roman Patapieviciga institut tomonidan Ruminiya-Germaniya yozgi maktabida qatnashgan Securitatening ikki sobiq axborotchisiga berilgan maʼnaviy va moliyaviy yordamga munosabat bildirgan tanqidiy ochiq xat yubordi[16].
Tanqidchi Denis Scheck Müllerning Berlindagi uyiga tashrif borganida uning stolida gazetadan kesib olingan alohida harflar bilan toʻla tortma borligini koʻrganini tasvirlab berdi. Matn yozishda uning shu harflardan foydalanganini[17] anglab, u oʻzini „haqiqiy shoir ustaxonasiga kirganini“ his qilganligini aytdi[18].
1986-yilda Germaniyada „Der Mensch ist ein großer Fasan auf der Welt“ nomi bilan birinchi marta nashr etilgan Pasport asari The Times Literary Supplement taʼrifiga koʻra, qatagʻon natijasida paydo boʻlgan gʻalati kod ichida joylashgan: uni tushunib boʻlmaydi, chunki dekodlash uchun maxsus hech narsa yoʻq, u samimiy yozilgan, lekin negadir mantiqsizdek tuyiladi. Unda qishloq aholisining baʼzi gʻalati kuzatishlaridan kelib chiqqan xulosalari („Odam dunyoda qirgʻovuldan boshqa narsa emas“), ahamiyatsiz rekvizitlardan keyin nomlanuvchi boblargacha („The Pot Hole“, „The Needle“) hammasi oʻzgaruvchan maʼno strategiyasiga ishora qiladi. . . Har bir bunday notoʻgʻri yoʻnalish miniaturadagi butun kitobga oʻxshaydi, chunki Chaushesku hech qachon tilga olinmagan boʻlsa-da, u hikoyaning markaziy qismida turado va u haqida aslo unutib boʻlmaydi. Natijada paydo boʻlgan har qanday narsa, haqiqatan ham hamma narsa — qahramonlar tomonidan aytilgan yoki muallif tomonidan tasvirlangan boʻladimi — potensial zichlikka ega boʻlishidan qatʼi nazar, bu qisqa roman ongda oʻz hajmidan yoki hikoyasining soddaligidan tashqarida hissiy makonni egallash uchun kengayishini anglatadi[19]".
2009-yilda Müller faoliyatidagi eng katta xalqaro muvaffaqiyatga erishdi. Uning „Atemschaukel“ (ingliz tilida "The Hunger Angel" nomi bilan nashr etilgan) romani Deutscher Buchpreis (Germaniya kitob mukofoti)ga nomzod boʻlgan va Franz Werfel Human Rights Award mukofotiga sazovor boʻlgan[20]. Ushbu kitobda Müller bir yigitning Sovet Ittifoqidagi gulagga qilgan sayohati hamda Ikkinchi jahon urushidan keyin Transilvaniyadagi koʻplab nemislarning taqdiri qanday kechgani haqida hikoya qiladi. Bu hikoyani yozishda Müller shoir Oskar Pastiorning xotiralarini yozib olganidagi tajribasidan, shuningdek, oʻz onasi bilan sodir boʻlgan voqealardan ilhomlangan.
2009-yil oktyabr oyida Shvetsiya akademiyasi u „sheʼriyat va nasrning ochiqligi bilan mulkdan mahrum boʻlganlarning hayotiy manzarasini mohirona tasvirlagani“ uchun oʻsha yilgi adabiyot boʻyicha Nobel mukofotini Müllerga berish toʻgʻrisidagi qarorini eʼlon qildi[4]. Akademiya Müllerning uslubi va nemis tilini ozchilik tili sifatida qoʻllashini Franz Kafka bilan taqqoslab, Kafkaning Müller ijodiga koʻrsatgan taʼsirini ifodalab berdi. Mukofotni topshirish vaqti kommunizm qulaganining 20 yilligiga toʻgʻri keldi. Müller nashriyoti rahbari Michael Krüger shunday dedi: „Mukofotni Ruminiyada nemis tilida soʻzlashuvchi ozchilik ichida oʻsgan Herta Müllerga berish orqali qoʻmita kommunizm davrida hayotning gʻayriinsoniy jihatlarini unutishga yoʻl qoʻymaydigan muallifni tan oldi[21].
2012-yilda Müller Mo Yanga taqdim etilgan Nobel mukofoti haqida gapirib, Shvetsiya akademiyasi „senzurani ulugʻlaydigan“ muallifni tanlaganini aytgan edi[22][23].
2020-yil 6-iyulda Twitter’da mavjud boʻlmagan akkaunt Herta Müllerning oʻlimi haqidagi soxta xabarni eʼlon qildi, yozuvchining nashriyotchisi bu xabarni darhol rad etdi[24].
Müller unga taʼsir qilgan aniq odamlar yoki kitoblar haqida kam maʼlumot bergan boʻlsa-da, nemis va rumin adabiyoti boʻyicha universitetda oʻqigan davrining ahamiyati va ayniqsa, ikki til oʻrtasida ziddiyat mavjudligini tan oldi. „Ikki til, — deydi yozuvchi, — hatto oʻsimliklarga ham boshqacha qaraydi. Rumin tilida „qor tomchilari“ — „kichik koʻz yoshlari“ maʼnosini beruvchi soʻzlar nemis tilida — „Shneeglöckchen“, yaʼni „kichik qor qoʻngʻirogʻi“ tarzida qoʻllanadi. Yaʼni biz nafaqat turli xil soʻzlar, balki turli olamlar haqida ham gapiramiz.“ (Ammo, bu yerda u bir oʻsimlik nomini vodiy nilufari nomi bilan adashtirib yuboradi, shunda ikkinchi oʻsimlik nomi rumin tilida „kichik koʻz yoshlar“ deb ataladi) U soʻzida davom etadi: „Ruminiyaliklar uchayotgan yulduzni koʻrib, kimdir vafot etdi deyishadi, nemislar esa bunday vaqtda tilak tilashadi“. Yozuvchining asarlarida Ruminiya folklor musiqasining ham oʻziga xos taʼsiri bor: „Men Maria Tanaseni birinchi marta eshitganimda, u menga aql bovar qilmaydigan darajada ajoyib boʻlib tuyuldi, shu paytda men birinchi marta folklor nimani anglatishini his qildim. Ruminiya xalq musiqasi mavjudlik bilan juda mazmunli bogʻlangan“.
Müllerning ijodi, shuningdek, uning sobiq eri, yozuvchi va essenavis Richard Wagnerdan olgan koʻplab tajribalari bilan ham shakllangan. Ularning iikkisi ham Ruminiyada Banat Swabian etnik guruhining aʼzolari sifatida ulgʻaygan boʻlib, Timişoara universitetida nemis va rumin adabiyotshunosligi boʻlimiga oʻqishga kirishgan. Oʻqishni tugatgach, ikkovlari ham nemis tili oʻqituvchisi boʻlib ishlagan va soʻz erkinligi uchun kurashgan Aktionsgruppe Banat adabiy jamiyatiga aʼzo boʻlgan.
Müllerning Aktionsgruppe Banat bilan aloqasi, Ruminiya maxfiy politsiyasi tomonidan qilingan tahdid va muammolarga qaramay, u jasorat bilan yozishda davom etdi. Uning kitoblari xayoliy boʻlsa-da, haqiqiy odamlar va tajribalarga asoslangan. Uning 1996-yildagi “The Land of Green Plums" („Yashil olxoʻri mamlakati“) romani ikki doʻstining oʻlimidan soʻng yozilgan boʻlib, Müller bu ishda maxfiy politsiyaning aloqasi bor deb gumon qilgani sababli asar qahramonlaridan biri Aktionsgruppe Banatning yaqin doʻsti prototipi asosida yaratilgan[25].
Herta Müller 2015-yildaTinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori boʻlgan xibsdagi Liu Xiaoboning rafiqasi Lyu Sya yozgan sheʼriy asarning birinchi nashri uchun soʻzboshi qismini yozgan[26]. Müller 2014-yilda Liu Xianing bir nechta sheʼrlarini ham tarjima qilib, tomoshabinlar qarshisida oʻqib bergan[27]. 2017-yil 4-dekabr kuni xitoylik dissident Liao Yiwu Liu Xia Herta Müllerga sheʼr koʻrinishida yozgan maktubning suratini Facebook’da eʼlon qildi, u yerda Liu Xia yolgʻizlik uni aqldan ozdirganini aytgan edi[28].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.