From Wikipedia, the free encyclopedia
Geparin (qadimgi yunoncha: ἧπαρ qadimgi yunoncha: ἧπαρ - jigar) - kislotali oltingugurtni o'z ichiga olgan glikozaminoglikan bo'lib; birinchi marotaba jigardan ajratib olingan. Klinik amaliyotda u to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiluvchi antikoagulyant, ya'ni qon ivishini oldini oluvchi dorivor modda sifatida tanilgan. U tromboembolik kasalliklarning oldini olish va davolashda, yurak va qon tomirlarida operatsiyalar paytida, kardiopulmoner aylanma apparatida va gemodializ apparatlarida qonning suyuq holatini saqlab turish, shuningdek, laboratoriya tadqiqotlarida qon ivishining oldini olish uchun ishlatiladi. Umumiy nojo'ya ta'sirlar orasida qon ketishi, in'ektsiya joyida og'riq va trombotsitlar kamayishi kiradi[1]. Jiddiy yon ta'sirlar orasida geparin bilan bog'liq trombotsitopeniya[1] kuzatilishi mumkin. Buyrak funksiyasi buzilgan taqdirda katta extiyotkorlik talab etiladi[1]. Geparin homiladorlik va laktatsiya davrida nisbatan xavfsizdir[2]. U semiz hujayralarda sintezlanadi, ular esa hayvonlarning organlarida, ayniqsa jigarda, o'pkada va tomirlar devorlarida to'planadi.
Geparin va uning kichik molekulali hosilalari (masalan, enoksaparin, dalteparin, tinzaparin) xavf ostida boʻlgan odamlarda chuqur tomir trombozi va o'pka emboliyasining oldini olishda samarali hissoblanadi[3][4], ammo ulardan biron birining o'limning oldini olishda samaraliroq ekanligini ko'rsatadigan ma'lumotlar yo'q[5]. Antifosfolipid antitanachalari boʻlgan ayollarda, homiladorlik paytida geparinni aspirin bilan birgalikda qo'llash faqat aspirinni qo'llashdan ko'ra ko'proq xomilani tirik tug'ilishiga olib kelishi mumkin. Xabar qilingan noxush hodisalar yo'qligi sababli onalar va chaqaloqlarda geparin va aspirinning xavfsizligiga ishonchimiz komil emas. Kelajakdagi sinovlar yetarli miqdordagi ayollarni o'z ichiga olishi va ushbu davolash strategiyasining xavf va foydalarini to'liq baholashi kerak bo'ladi[6][7]. Hozirgi vaqtda geparinning erta tug'ilgan va og'ir kasal boʻlgan chaqaloqlarda mayda tomirlarga kirish uchun markaziy kateterlar bilan foydalanilganda asoratlarning oldini olishda foydali ta'sirini tasdiqlovchi dalillar mavjuddir[8].
Qonni suyultiruvchi vositalar COVID-19 bilan kasallangan bemorlar uchun foydali profilaktika chorasi ekanligi aniq emas edi, chunki hech kim dalillarga amin emas. Tadqiqotlarning hech biri, ishtirokchilarni randomizatsiya qilmadi va barcha izlanishlar retrospektiv edi. Bundan tashqari, ular turli natijalar haqida xabar berishdi va o'z usullarini to'liq taqdim etmadilar. Demak, dalillardagi aniqlik juda pastdir[9][10].
Yo'g'on ichak va to'g'ri ichakda jarrohlik amaliyotini o'tkazgan bemorlarda venoz tromboz va / yoki o'pka trombozi (o'pka emboliyasi) ko'rinishidagi qon tomir asoratlarni rivojlanish xavfi katta. Ushbu asoratlar butun umr davomida oyoq venoz funksiyasining buzilishiga yoki ba'zi hollarda operatsiyadan keyingi to'satdan o'limga olib kelishi mumkin. Ushbu asoratlarni oldini olish uchun bemorlar ko'pincha operatsiya vaqtida qonni suyultiruvchi dorilar (antikoagulyantlar) va siqish paypoqlari bilan davolanadilar. Geparin va TED paypoqlari bilan birgalikda davolash umumiy jarrohlikda samarali ekanligi isbotlangan. Ushbuni ko'rib chiqish shuni ko'rsatadiki, bu kombinatsiyalangan davolash, yo'g'on ichak yoki to'g'ri ichak jarrohligidan o'tgan yuqori xavfli bemorlarda ham samarali hissoblanadi[11].
Geparinning kashf etilishi 1916-yilga borib taqaladi. Bu yil uni tasodifan Jons Xopkins universiteti (Baltimor, AQSh) tibbiyot fakulteti talabasi Jey Maklin (AQSh) topib oladi.inglizcha: J. McLean). Fiziologiya kafedrasi professori Uilyam Xauell o'z shogirdiga inson tanasining tromboplastik faolligini o'rganishni buyurdi. Maklin jigarning lipoid-fosfatidlarini (gepar-fosfatid) va yurakni (kuorin) tekshirishni boshladi. Gepar-fosfatidlarni o'rganar ekan, Maklin ular nafaqat qon ivishini oshirmasligini, balki, aksincha, antikoagulyant ta'sir ko'rsatishini ta'kidladi. Maklinning barcha kuzatishlari 1916-yilda American Journal of Physiology jurnalida chop etilgan (41-jild, 250-bet).
Geparin glikozaminoglikanlar oilasiga mansub bo'lib, uning molekulasi umumiy oqsil yadrosi bilan bog'langan bir nechta polisaxarid zanjirlari bilan ifodalanadi. Boshqa tomondan, oqsil yadrosi asosan ikkita aminokislota qoldiqlarini o'z ichiga oladi: serin va glitsin. Serin qoldiqlarining taxminan uchdan ikki qismi polisaxarid zanjirlari bilan bog'lanadi, Ikkinchisi 1-4 glikozid bog'lari bilan bog'langan takroriy disaxaridlar zanjiriga asoslangan - a-D-glyukozamin va uron kislotasi hissoblanadi. Ko'pchilik a-D-glyukozamin qoldiqlari aminokislotalar va gidroksil guruhlarida sulfatlanadi; aminokislotalarning kichik bir qismi m. b. atsetillangan. Uron kislotasi birliklari L -iduron kislotasi qoldiqlari (~90%) yoki epimerik D- glyukuron kislotasi qoldiqlari (~10%) hissoblanadi. Salbiy zaryadlangan sulfat va karboksil guruhlarning sezilarli miqdori mavjudligi sababli, geparin molekulasi kuchli tabiiy polianion bo'lib, umumiy musbat zaryadga ega boʻlgan ko'plab oqsil va polikatyonik tabiatning sintetik birikmalari bilan komplekslar hosil qilishga qodir. Endogen geparinning polisaxarid zanjirlarining uzunligi har xil bo'lishi mumkin va shuning uchun uning molekulyar og'irligi ham juda katta farq qiladi - 3000 dan 40000 daltongacha. Dori sifatida ishlatiladigan "tijorat" geparinlarning o'rtacha molekulyar og'irligi torroq chegaralarda o'zgarib turadi - 12 000 dan 16 000 daltongacha. Yaqinda qo'shimcha xususiyatlarga ega boʻlgan past molekulyar og'irlikdagi geparinlar guruhi ishlab olindi. Ko'pincha geparin miqdori uning fiziologik faolligiga ko'ra ta'sir birliklarida (U) o'lchanadi - qon plazmasining ivishini oldini olish qobiliyati bilan. Bir ta'sir birligi,geparinning xalqaro standartining 0,0077 mg ga teng (1 mg preparatning 130 IUda) bol'adi[12].
Geparin biosintezi uchun substratlar bu: glyukoza va noorganik sulfatdir. Sulfat guruhlari qo'shilishi polimerizatsiyadan keyin sodir bo'ladi, ammo ba'zi olimlar (Rays va boshq, 1967) sulfatlanish oldingi bosqichlarda, ya'ni past molekulyar og'irlikdagi prekursorlar darajasida sodir bo'lishini taklif qiladi. Geparinning biosintezida ishtirok etadigan fermentlar orasida turli xil glikoziltransferazalar, sulfotransferazalar, epimerazalar ajratiladi, ularning ko'pchiligi sof shaklda ajratilgandir. Geparin biosintezi semiz hujayralarida sodir bo'lishini ko'rsatadigan bir qator faktlar ham mavjud:
Geparin antitrombin III faollashuvi orqali antikoagulyant faoliyatini amalga oshiradi, deb ishoniladi. Katta umumiy manfiy zaryadga ega boʻlgan geparin antitrombin III ning o'ziga xos katyonik joylariga bog'lanadi, natijada oxirgi molekulaning konformatsiyasi o'zgaradi va antitrombin III koagulyatsion omillarni (II, IX, X, XI, XII) inaktivatsiya qilish qobiliyatiga ega bo'lib qoladi), kallikrein, serin proteazlar.
Geparin lipoproteinlipaza faolligini oshirish orqali hipolipidemik ta'sir ko'rsatishga qodir ekanligi aniqlangan. Lipoproteinlipaza geparin sulfat proteoglikan zanjirlari yordamida kapillyar devor bilan bog'lanadi. Ko'p miqdorda lipoproteinlipaza yurak, yog ' to'qimasi, taloq, o'pka, buyrak medullasi, diafragma va sut bezlarida topiladi; qonda esa lipoproteinlipaza deyarli yo'q. Geparin kiritilgandan so'ng, qondagi lipoproteinlipaza kontsentratsiyasi biroz oshadi, ya'ni geparin uni qon oqimiga chiqaradi.
Inson tanasiga kiritilgan geparin endogen kabi harakat qiladi: antitrombin III va lipoproteinlipazani faollashtiradi.
Geparin kiritilgandan keyin ta'sir juda tez rivojlanadi, ammo qisqa vaqt davom etadi. Shunday qilib, bitta tomir ichiga yuborilganda qon ivishining ingibitsiyasi darhol sodir bo'ladi va taxminan 4-5 soat davom etadi, mushak ichiga yuborish bilan geparinning ta'siri 15-30 daqiqadan so'ng paydo bo'ladi, teri osti to'qimalariga kiritilganda esa 6 soatgacha davom etadi. teri ostiga yuborilganda esa 40-60 daqiqadan so'ngboshlanadi va 8 soat davom etadi. Katta molekulyar og'irligi tufayli geparin gemato-platsentar to'sig'iga yomon kirib boradi. Yarim chiqib ketish davri 30-60 minutga teng. Geparinning antikoagulyant ta'siri boshqa antikoagulyantlar, antiagregantlar va NSAIDlarni bir vaqtda qo'llash bilan kuchayadi. Ergot alkaloidlari, tiroksin, tetratsiklin, antigistaminlar, nikotin geparinning antikoagulyant salohiyatini kamaytirishi mumkin.
Dorivor maqsadlarda geparin cho'chqalarning jigari, o'pkasi va ichak shilliq qavatidan olinadir.
Geparin turli tana tizimlariga nojo'ya ta'sirlarni keltirib chiqarishi mumkin:
Boshqalar: vaqtinchalik alopesiya, gipoaldosteronizm.
Geparin preparatlari tabiiy xom ashyolardan ishlab chiqariladi va ularni standartlashtirish hamma hollarda ham to'g'ri bajarilmaydi. 2010-yil mart oyida Xitoy, AQSh va Germaniyada geparinni qo'llashning jiddiy nojo'ya ta'siri haqida xabarlar bor edi[14].
Geparin germetik yopiq flakonlarda va 1 ml ga 5000 IU faolligi bilan 5 ml ampulalarda natriy tuzi shaklida ishlab chiqariladi. Chet elda ular geparinning kaltsiy tuzini ham ishlab chiqaradilar - kalsiparin. Ikkinchisi 1 ml da 25 000 birlik o'z ichiga olgan suvli eritma shaklida ishlab chiqariladi. Maxsus shpritslarda 0,2 ml eritmasi ham (5000 IU) mavjud.
Dozalash rejimi qo'llaniladigan dozalash shakliga, ko'rsatmalarga, klinik holatga va bemorning yoshiga qarab individualdir[15].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.