From Wikipedia, the free encyclopedia
Hassan Khalid Hassan Al-Haydos (talaffuzi: Hassan Xolid Hassan Al-Haydos) (1990-yil 11-dekabrda tugʻilgan) — qatarlik professional futbolchi. Hassan Al-Haydos „Al Sadd“ futbol klubi va Qatar milliy futbol terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Hassan Khalid Hassan Al-Haydos | ||
Tavallud sanasi | 11-dekabr 1990-yil | ||
Tavallud joyi | Doha, Qatar | ||
Boʻyi | 1.70 m[1] | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Al-Sadd | ||
Raqami | 10 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1998—2007 | Al-Sadd | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2007 | Al-Sadd | 294 | (92) |
Milliy terma jamoa | |||
2007—2009 | Qatar U20 | 4 | (4) |
2007—2013 | Qatar U23 | 14 | (6) |
2008 | Qatar | 170 | (36) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 29-avgust uchun) |
Hassan Al-Haydos sakkiz yoshida „Al Sadd“ futbol klubining yoshlar jamoasida futbol oʻynay boshladi. Hassan Al-Haydos oʻn yetti yoshida asosiy jamoa safiga qoʻshildi. Bu vaqtda „Al Sadd“ futbol klubining bosh murabbiyi Jafal Rashed Al-Kuwari boʻlgan edi.
Hassan Al-Haydos klub safida 2011-yilgi Osiyo Chempionlar ligasi doirasida „Jeonbuk“ futbol klubiga qarshi oʻyinda maydonga tushgan edi. Ushbu oʻyinda „Al Sadd“ futbol klubi Hassan Al-Haydosning penaltidan urgan goli hisobiga gʻalaba qozondi. Gʻalaba „Al Sadd“ futbol klubining Osiyo vakili sifatida Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻl olishini taʼminladi[2].
Hassan Al-Haydos Doha stadionida oʻtkazilgan soʻrovnomada 2014-yilgi „Eng yaxshi Qatar futbolchisi“ deb topildi[3].
Hassan Al-Haydos 2007-yilda Qatar olimpiada terma jamoasi safida 2008-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari saralash bosqichi doirasida Yaponiya milliy futbol terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda zaxiradan maydonga tushib, jamoasiga 2:1 hisobida gʻalaba qozonishga yordam berdi. Hassan Al-Haydos musobaqaning yana ikkita oʻyinida maydonga tushdi. Ularning biri Saudiya Arabistoni milliy futbol terma jamoasiga qarshi[4], ikkinchisi esa Vyetnam milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻyinda edi. Shuningdek, Hassan Al-Haydos 2012-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari saralashi bosqichida Qatar milliy futbol terma jamoasining sardori sifatida maydonga tushgan va dastlabki bosqichda Hindiston milliy futbol terma jamoasi darvozasiga gol urgan.edi[5]. Hassan Al-Haydos ushbu uchrashuvda „O‘yinning eng yaxshi odami“ sovrinini qo‘lga kiritdi[6].
Hassan Al-Haydos Qatar milliy futbol terma jamoasi safida 2008-yilning 10-sentyabrida Bahrayn milliy futbol terma jamoasiga qarshi 2010-yilgi Jahon chempionati saralash bahsida maydonga tushdi[7]. Oʻshandan beri Hassan Al-Haydos Qatar milliy futbol terma jamoasi bilan 146 ta oʻyin oʻtkazdi. Bu oʻyinlarda Hassan Al-Haydos 32 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Bu koʻrsatkich Hassan Al-Haydosni Qatar milliy futbol terma jamoasi tarixidagi eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchiga hamda Muhammed Salem Al-Enazi bilan birgalikda toʻrtinchi oʻrindagi eng koʻp gol urgan futbolchiga aylantirdi[8].
Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Liga kubogi | Mintaqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | ||
Al-Sadd | ||||||||||||
2006—2007 | QSL | 8 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 10 | 0 | |
2007—2008 | 16 | 2 | 2 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 19 | 2 | ||
2008—2009 | 15 | 2 | 2 | 0 | 1 | 1 | 2 | 0 | 20 | 3 | ||
2009—2010 | 15 | 6 | 1 | 1 | 2 | 2 | 5 | 0 | 23 | 9 | ||
2010—2011 | 18 | 1 | 1 | 0 | 1 | 1 | 14 | 1 | 34 | 3 | ||
2011—2012 | 13 | 2 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 16 | 2 | ||
2012—2013 | 22 | 5 | 5 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 28 | 6 | ||
2013—2014 | 24 | 5 | 4 | 2 | 5 | 1 | 9 | 0 | 42 | 8 | ||
2014—2015 | 23 | 11 | 4 | 3 | 1 | 0 | 10 | 3 | 38 | 17 | ||
2015—2016 | 25 | 12 | 4 | 4 | 1 | 0 | 1 | 0 | 31 | 16 | ||
2016—2017 | 19 | 7 | 5 | 3 | 0 | 0 | 1 | 0 | 25 | 10 | ||
2017—2018 | 21 | 12 | 4 | 1 | 1 | 0 | 10 | 0 | 36 | 13 | ||
2018—2019 | 20 | 10 | 3 | 0 | 0 | 0 | 11 | 2 | 34 | 12 | ||
2019—2020 | 18 | 8 | 2 | 0 | 1 | 0 | 9 | 4 | 30 | 12 | ||
2020—2021 | 18 | 2 | 2 | 0 | 2 | 0 | 6 | 1 | 28 | 3 | ||
2021—2022 | 19 | 7 | 1 | 0 | 0 | 0 | 6 | 1 | 26 | 8 | ||
2022—2023 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||
Jami | 294 | 92 | 45 | 15 | 17 | 5 | 85 | 12 | 441 | 124 |
Qatar | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyin | Gollar |
2008-yil | 5 | 0 |
2009-yil | 11 | 0 |
2010-yil | 4 | 0 |
2011-yil | 3 | 0 |
2012-yil | 8 | 0 |
2013-yil | 19 | 1 |
2014-yil | 14 | 2 |
2015-yil | 13 | 6 |
2016-yil | 11 | 5 |
2017-yil | 17 | 6 |
2018-yil | 12 | 4 |
2019-yil | 20 | 3 |
2020-yil | 4 | 1 |
2021-yil | 22 | 5 |
2022-yil | 7 | 3 |
Jami | 170 | 36 |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.