From Wikipedia, the free encyclopedia
Harry S. Truman[1] (talaffuzi: Harri Trumen; 8-may 1884-yil — 26-dekabr 1972-yil) — 1945-yildan 1953-yilga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlarining 33-prezidenti lavozimini bajargan. Demokratlar partiyasi aʼzosi boʻlgan Truman bungacha 1935-yildan 1945-yilga qadar Missouri shtatidan senator vazifasida faoliyat yuritgan. 1944-yilgi prezidentlik saylovlarida u prezident Franklin D. Rooseveltning yordamchisi oʻlaroq qatnashib, gʻalaba qozondi va 1945-yili vitse-prezident lavozimiga kirishdi. U bu lavozimda Rooseveltning vafoti tufayli taxminan toʻrt oygina faoliyat yuritdi. Prezident oʻlaroq Truman Gʻarbiy Yevropa iqtisodiyotini qayta tiklash boʻyicha Marshall rejasini amalga oshirdi hamda kommunizmning kengayishini toʻxtatish uchun Truman doktrinasi va NATOni tashkil etdi. U koʻplab liberal ichki islohotlarni taklif qildi, ammo Konservativ Koalitsiya koʻpchilikni tashkil qilgan Kongressda ularning bir nechtasigina qabul qilindi.
Harry S. Truman | |
---|---|
Rasmiy portret (tax. 1947) | |
33-Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti | |
Mansab davri 12-aprel 1945-yil – 20-yanvar 1953-yil | |
Vitse-prezident |
|
Oʻtmishdoshi | Franklin D. Roosevelt |
Vorisi | Dwight Eisenhower |
34-Amerika Qoʻshma Shtatlari vitse-prezidenti | |
Mansab davri 20-yanvar 1945-yil – 12-aprel 1945-yil | |
Prezident | Franklin D. Roosevelt |
Oʻtmishdoshi | Henry A. Wallace |
Vorisi | Alben W. Barkley |
AQSh senatori (Missouridan) | |
Mansab davri 3-yanvar 1935-yil – 17-yanvar 1945-yil | |
Oʻtmishdoshi | Roscoe C. Patterson |
Vorisi | Frank P. Briggs |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
8-may 1884-yil Lamar, Missouri), AQSh |
Vafoti |
26-dekabr 1972-yil (88 yoshda) Kansas City, Missouri, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Siyosiy partiyasi | Demokratlar partiyasi |
Boʻyi | 175 sm |
Turmush oʻrtogʻi | |
Bolalari | Margaret Truman |
Ota-onasi |
|
Kasbi |
|
Imzosi |
Truman Missouri shtatining Independence shahrida ulgʻaygan. Birinchi jahon urushi davomida kapitan sifatida Fransiyada jang qilgan. Uyga qaytgach, Missouri shtatining Kansas shahrida kiyim-kechaklar sotiladidan doʻkon ochdi. 1922-yilda Jackson okrugi rasmiysi etib saylandi. Truman 1934-yilda Missouri shtatidan senator etib saylandi hamda Truman qoʻmitasi raisi oʻlaroq obroʻ qozondi. Prezidentlik lavozimiga kirishganiga koʻp boʻlmay, u Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombasi tashlash haqida buyruq berdi. U 1948-yilgi prezidentlik saylovlarida ham qatnashdi va gʻalaba qozonib, ikkinchi muddatga qayta saylandi.
Truman Missouri shtatining Lamar shaharida 1884-yilning 8-mayida dunyoga kelgan. Otasi John Anderson Truman, onasi esa Martha Ellen Young Truman boʻlib, Truman oilada toʻngʻich farzand boʻlgan. Uning ismi togʻasi Harrison „Harry“ Young sharafiga qoʻyilgan. Uning ikkinchi ismi bosh harfi boʻlmish „S“ otasi va onasi tarafdan bobolari — Anderson Shipp Truman va Solomon Young sharafiga qoʻyilgan.[2] Harrydan keyin ukasi John Vivian, keyin esa singlisi Mary Jane dunyoga kelgan.[3] Truman ingliz, shotland, irland, olmon va fransuz kelib chiqishga egadir.[4][5]
Harryning otasi John Truman fermer va ot-ulov dilleri boʻlgan. Oila Lamar shahrida yashashgan, Harry oʻn yoshligida esa Missouri shtatining Harrisonville shahri yaqinidagi fermaga koʻchib oʻtishadi. Keyinchalik, oila Belton shahriga koʻchib oʻtishdi. 1887-yilga kelib, Grandview shahridagi bobo-buvisining 200 gektarlik (600 akrlik) fermasiga koʻchib oʻtishdi.[6] Truman olti yoshligida ota-onasi Missouri shtatining Independence shahriga koʻchib oʻtishdi.[7] Independence shahrida yashayotgan paytda, Harry yahudiy qoʻshnilari uchun shabosgey sifatida xizmat qildi.[8][9][10]
1972-yilning 5-dekabrida Truman Kansas shahridagi shifoxonaga pnevmoniya bilan yotqizildi. Unda koʻplab organlar yetishmovchiligi kuzatilib, koma holatiga tushdi. 26-dekabr soat 7:50 da 88 yoshida vafot etdi.[11][12]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.