From Wikipedia, the free encyclopedia
Habib Bourguiba (talaffuzi: Habib Burgiba, /bʊərˈɡiːbə/; arabcha: الحبيب بورقيبة, al-Ḥabīb Būrqībah; 1903-yil 3-avgust — 2000-yil 6-aprel) Tunislik huquqshunos, millat yetakchisi va davlat arbobi boʻlib, 1956—1957-yillarda Tunis Qirolligining bosh vaziri, keyin esa Tunisning birinchi prezidenti (1957—87) sifatida mamlakatni boshqargan. Prezidentlikdan oldin u xalqni Fransiyaga qaramlikdan mustaqillikka olib chiqdi, 75 yillik protektoratni tugatdi va „Oliy jangchi“ unvoniga sazovor boʻldi[1].
Habib Burgiba | |
---|---|
arabcha: الحبيب بورقيبة | |
1-Tunis prezidenti | |
Mansab davri 25-iyul 1957-yil – 7-noyabr 1987-yil | |
Oʻtmishdoshi | yangi tashkil qilingan |
Vorisi | Zaynulobidiyn Binali |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 1903-yil 3-avgust |
Vafoti | 2000-yil 6-aprel |
Mukofotlari | |
Imzosi |
Habib Monastirda kambagʻal oilada dunyoga kelgan. Sadiki kollejida, keyinchalik esa Tunisdagi Carnot litseyida oʻqigan. 1924-yilda bakalavr darajasini olgan. 1927-yilda Parij universitetini tamomlab, Tunisga qaytadi va huquqshunoslik bilan shugʻullanadi. 1930-yillarning boshlarida u mustamlakachilikka qarshilik va Tunis milliy siyosatida qatnashib, Destur partiyasiga qoʻshildi. 1934-yilda Neo Destour tashkilotiga asos soldi. U mustaqillik harakatining asosiy arbobi sifatida koʻtarildi va mustamlaka maʼmuriyati tomonidan bir necha bor hibsga olingan. Uning 1938-yil 9-apreldagi qoʻzgʻolonlarda ishtirok etishi natijasida Ikkinchi jahon urushi paytida Marselga surgun qilingan.
Rasmiy hujjatga koʻra 1903-yilning 3-avgustida tugʻilgan. Lekin Habib Bourguiba keyinchalik bildirgan fikriga koʻra, u bir yil avval tugʻilgan va notoʻgʻri sana 1924-yilda yuridik fakultetga oʻqishga kirishda yoʻl qoʻyilgan ish yuritish xatosi natijasida sodir boʻlganini aytgan[2]. Yana boshqa bir versiyaga koʻra, ushbu xato ota-onasi tomonidan oʻgʻlini armiyaga chaqirmaslik uchun qasddan qilingan[3].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.