From Wikipedia, the free encyclopedia
Gruzin tili (ქართული ენა) — gruzin xalqi tili. Kavkaz (iberg-kavkaz) tillari kartvel guruhiga mansub. Unda.3917,7 ming kishi soʻzlashadi. Gruzin adabiy tili tarixi 2 davrga ajraladi: qad. gruzin (5 — 11-asrlar), hozirgi gruzin (12-asrdan boshlab). Kart dialekta gruzin adabiy tilining asosini tashkil etadi. Gruzin tilining dialektlararo differensiyasi juda kuchsiz. hozirgi gruzin tili fonetika tizimida 5 unli 25 undosh boʻlib, bular 3 turga ajraladi: jarangli, jarangsiz va boʻgʻiz usti. Morfologiyada prefiks (old qoʻshimcha) va suffiksdan foydalaniladi. Gruzin tilining morfologik tuzilishi agglyutinativdir. Grammatik jins farqlanmaydi, 6 ta kelishik bor. Tushum kelishigi yoʻq, uning oʻrnida ergativlik mavjud. Koʻmakchilardan keng foydalaniladi. Gruzin tili sintaksisi predikativlik tuzilmaga ega. Ergash gapli qoʻshma gaplar ancha taraqqiy etgan[1].
Gruzin tili | |
---|---|
Milliy nomi | ქართული |
Mamlakatlar | Gruziya |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 4.300.000 (1993) |
Turkumlanishi | |
Alifbosi | gruzin alifbosi |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | ka |
ISO 639-2 | kat |
ISO 639-3 | kat |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.