From Wikipedia, the free encyclopedia
Gruziya — Litva munosabatlari Gruziya va Litva oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlar hisobalanadi. Davlatlar Jahon Savdo Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo sanaladi.
Davlatlar oʻrtasida diplomatik munosabatlar 1994-yil 16-sentyabrda oʻrnatilgan[1].
2018-yil 9-avgustda Litva Otxozoriya-Tatunashvili roʻyxatiga kiritilgan shaxslar uchun migratsiya cheklovlarini joriy qildi, ular Gruziya parlamentiga koʻra, „abxaziya va Tsxinvalining bosib olingan hududlarida Gruziya fuqarolarining huquqlarini buzgan“[2].
2020-yil dekabr oyida Litva tashqi ishlar vaziri Linas Linkyavichius NATOni Gruziya va Ukraina bilan yaqinroq hamkorlik qilishga va „ochiq eshiklar“ siyosatini saqlab qolishga chaqirdi[3].
2021-yil 25-fevralda Gruziya deputati Nika Meliyaning hibsga olinishiga javoban Estoniya, Latviya va Litva tashqi ishlar vazirlari qo‘shma bayonot chiqarib, unda „Gruziyada rivojlanayotgan siyosiy vaziyatdan jiddiy xavotir bildirishdi“ va „barcha siyosiy kuchlar vazminlik bilan harakat qilishlari“ va „vaziyatni yumshatib, konstruktiv yechim izlashlari“ soʻrab qolishdi[4]. Litva avj olayotgan urushni oʻzaro yumsatsih maqsadida tinchlik uchun hamkorlik maqsadida oʻzini vositachi davlat sifatida ham taklif etgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.