From Wikipedia, the free encyclopedia
Yunon tili (grekcha: Ελληνικά [ɛliniˈka]) — yunon tili tarixidagi dastlabki bosqichda — mil. av. XIV–XII asrlardan milodiy I−IV-asrlargacha amalda boʻlgan (hozirda oʻlik) til; greklarning qadimiy tili. Hindyevropa tillari oilasida qadimiy makedon tili bilan birgalikda alohida yunon guruhini tashkil etadi. Yunon tili taraqqiyoti tarixi quyidagi bosqichlarni qamrab oladi: 1) eng qadimiy (arxaik) davr (mil. av. XIV–XII asrlardan – VIII asrgacha); 2) klassik davr (mil. av. VIII–VII asrlardan IV asrgacha); 3) ellinistik davr (umumyunon tilining shakllanish davri — mil. av. IV–I-asrlar); 4) soʻnggi yunon davri (mil. I–IV asrlar). Yunon tilida quyidagi lahja guruhlari farqlanadi: ioniyattik (ioniyaattika), arkadkipr, eoliy va doriy. Klassik davrning boy adabiyoti ioniy lahjasida — Gesiod, Gerodot; attika lahjasida — Esxil, Sofokl, Yevripid (tragediya), Aristofan (komediya), Platon va Aristotel (falsafa), Fukidid va Ksenofont (tarix), Demosfen (notiqlik, stilistika); eoliy lahjasida — Alkey, Sapfo (lirik sheʼrlar, qoʻshiqlar) va boshqalar tomonidan yaratilgan. Gomer dostonlarining tilida (mil. av. VIII asr) bir necha lahjalarning unsurlari kuzatiladi. Mil. av. V asr oxirlarida Attika lahjasi Yunonistonning adabiy tiliga aylanadi. Ellinistik davrda attik va ioniy lahjalar asosida 2 xil: adabiy va soʻzlashuv koʻrinishlariga ega boʻlgan umumyunon tili shakllanadi. Keyingi davrda adabiy til bilan soʻzlashuv tili oʻrtasidagi farqlar kuchayib, ular mustaqil holda rivojlana boshlaydi[2].
Yunon tili | |
---|---|
Milliy nomi | Ελληνικά |
Mamlakatlar | Yunoniston, Kipr, Albania, Bolgariya, Makedoniya, Italiya, Turkiya, Armaniston, Gurjiston, Ukraina, Moldova, Ruminiya, Rossiya, Misr, Iordaniya va hk. |
Rasmiylik holati | Yunoniston, Kipr |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 15 million[1] |
Turkumlanishi | |
Til oilasi | Hind-Yevropa |
Alifbosi | Yunon alifbosi |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | el |
ISO 639-2 | gre |
Yunon tili leksikasi juda boy boʻlib, uning tarkibida sof yunoncha qatlamdan tashqari som tillari, fors va lotin tillaridan kirib kelgan soʻzlardan iborat oʻzlashma qatlam ham bor. Yunon tili leksikasi, lotin tili leksikasi bilan birga, hozirgi ilmiy va ilmiytexnikaviy terminologiyaning manbai boʻlib qoldi[3].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.