Gonkong dollari

From Wikipedia, the free encyclopedia

Gonkong dollari


Gonkong dollari (soddalashtirilgan xitoycha 港圓, anʼanaviy xitoycha 港元, pinyin Gǎngyuán, palladiy gan yuan, inglizcha: Hong Kong dollar — Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus maʼmuriy hududining pul birligi. ISO 4217 standartidagi Gonkong dollarining harfli kodi HKD, raqamli kodi 344, rasmiy belgisi HK$. 2019-yil aprel holatiga koʻra, Gonkong dollari dunyodagi eng koʻp sotiladigan toʻqqizinchi valyuta hisoblanadi va banklararo operatsiyalarda qoʻllanadi[1][2].

Batafsil maʼlumot Gonkong dollari ...
Gonkong dollari
:
Davlat nomi: Gonkong
Simvol:
Yopish

Gonkong Dollari Valyuta Kengashi — Gonkong pul muomalasi boshqaruvi maʼmuriyati. 20 HK$, 50 HK$, 100 HK$, 500 HK$ va 1000 HK$ dollarlik banknotalar litsenziyalangan banklar tomonidan chop etiladi: The Hongkong and Shanghai Banking Corporation, Bank of China (Hong Kong) va Standard Chartered Bank (Hong Kong) va HK$10 banknotalar va barcha tangalar Gonkong hukumati tomonidan chiqariladi.

Gonkong dollari 18 ta erkin konvertatsiya qilinadigan valyutalardan biridir. Gonkong dollarining ayirboshlash kursi AQSh dollari bilan fiksatsiyalangan 1 AQSh dollari oraligʻida: HK$7,75 dan 1 AQSH dollarigacha : 7,85 HK$, shuningdek, Makao Pataki kursi fiksatsiyalangan va Gonkong dollari 1 HK$ = 1,03 MOP$ bilan teng[3].

Tarixi

Gonkongning asosiy qonuni va Xitoy-Britaniya qoʻshma deklaratsiyasiga koʻra, Gonkong pul-kredit siyosati sohasida toʻliq avtonomiyaga ega. Gonkong pul birliklari Gonkong hukumati (10HK$ almashinuv tangalar va banknotalar) va hududning markaziy banki vazifasini bajaradigan Gonkong pul muomalasi boshqaruvi ma'muriyati nazorati ostida uchta mahalliy bank tomonidan chiqariladi. Har uch bankning pul belgilarining dizayni eski qogʻoz pullar muomaladan chiqarilmagan holda oʻzgartirilgani natijasida bugungi kunda har bir nominaldagi oltitagacha banknotalar muomalada boʻlmoqda. Shu bilan birga, har qanday turdagi banknotalar hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinadi (texnik sabablarga koʻra, masalan, Gonkong hukumati tomonidan chiqarilgan oʻn dollarlik banknotlarni qabul qilmasligi mumkin boʻlgan baʼzi avtomatlar bundan mustasno). Banknotlar Hong Kong Note Printing Limited" shirkati tomonidan chop etiladi. "Gonkong dollarining eng keng tarqalgan belgisi bu dollar belgisi ($), (HK$) varianti ham uchrab turadi.

Banknotalar

2003-yil seriyasi

Batafsil maʼlumot Tasvir, Nominali ...
Tasvir Nominali Rasmda Avers (Old tomoni)
Gongkong va Shanxay bank korporatsiyasi seriyasi
20 HK$ Viktoriya choʻqqisi ; tepalik tramvayi HSBC banki sheri
50 HK$ Po Lin monastiri HSBC banki sheri
100 HK$ Tsingma koʻprigi HSBC banki sheri
500 HK$ Gonkong xalqaro aeroporti HSBC banki sheri
1 000 HK$ Gonkong konferentsiya va koʻrgazma markazi ; Viktoriya koʻrfazi HSBC banki sheri
Bank of China (Gongkong) seriyasi
20 HK$ Viktoriya choʻqqisi Bank of China (Gonkong) binosi
50 HK$ Tsim Sha Tsui: Gonkong madaniyat markazi va kosmik muzeyi Bank of China (Gonkong) binosi
100 HK$ Tsingma koʻprigi Bank of China (Gonkong) binosi
500 HK$ Gonkong xalqaro aeroporti Bank of China (Gonkong) binosi
1 000 HK$ Wan Chai: Gonkong Kongress va koʻrgazma markazi va Markaziy Plaza Bank of China (Gonkong) binosi
Standard Chartered Bank (Gonkong) seriyasi
20 HK$ 1850-yillardagi Gonkong fotosurati Chiven
50 HK$ 1890-yillardagi Gonkong fotosurati Bisi
100 HK$ Gonkongning 1930-yillardagi fotosurati Tsilin
500 HK$ 1970-yillardagi Gonkong fotosurati xitoy feniksi
1 000 HK$ Gonkongning 2000-yillardagi fotosurati Xitoy ajdahosi
Gonong maxsus maʼmuriy hududi hukumati seriyasi
10 HK$ geometrik dizayn uy oti
10 HK$ (polimer) geometrik dizayn uy oti
Yopish

2010-yil seriyasi

Batafsil maʼlumot Tasvir, Nominali ...
Tasvir Nominali Rasmda Avers (Old tomoni)
Gonkong va Shanxay bank korporatsiyasi seriyasi
20 HK$ o'rta kuz festivali HSBC Bank sheri va HSBC Bank binosi
50 HK$ Chiroq festivali
100 HK$ Gonkongni XXRga topshirilish kuni
500 HK$ Xitoy Yangi yili
1 000 HK$ ajdaho qayiqlari festivali
Bank of China seriyasi (Gonkong)
20 HK$ Repulse Bay Bank of China (Gokong) binosi
50 HK$ Taipou
100 HK$ sher togʻi
500 HK$ Yuqori oroldagi suv ombori
1 000 HK$ Viktoriya koʻrfazi
Standard Chartered Bank (Gonkong) seriyasi
20 HK$ Anʼanalar va texnologiyalar:

Abak va ikkitalik kod

Chiven
50 HK$ Anʼanalar va texnologiyalar:

Kodlangan qulf va svod

Bisi
100 HK$ Anʼanalar va texnologiyalar:

Sun imperiyasi va bosma plata

Tsilin
500 HK$ Anʼanalar va texnologiyalar:

Yuz va biometriya

xitoy feniksi
1 000 HK$ Anʼanalar va texnologiyalar:

Tang imperiyasining tangalari va integral sxema

Xitoy ajdahosi
Yopish

2018-yil seriyasi

Batafsil maʼlumot Tasvir, Nominali ...
Tasvir Nominali Rasmda Avers (Old tomoni)
Gonkong va Shanxay bank korporatsiyasi seriyasi[4]
20 HK$ choy madaniyati HSBC Bank sheri va HSBC Bank binosi
50 HK$ Kapalak va gullar
100 HK$ kanton operasi
500 HK$ Gonkong YUNESKO global geoparki
1 000 HK$ Gonkongning aerofotosurati (moliya megapolisi)
Standard Chartered Bank (Gonkong) seriyasi[5]
20 HK$ choy madaniyati Standard Chartered Bank binosi (Gongkong)
50 HK$ Kapalak va gullar
100 HK$ kanton operasi
500 HK$ Gonkong YUNESKO global geoparki
1 000 HK$ 0 va 1 dan iborat Gonkong osmonoʻpar binosi
Bank of China (Gonkong) seriyasi
20 HK$ choy madaniyati Bank of China (Gonkong) binosi
50 HK$ Kapalak va gullar
100 HK$ kanton operasi
500 HK$ Gonkong YUNESKO global geoparki
1 000 HK$ Profildagi bosh, raqamlashtirilgan miya, globus
Yopish

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.