From Wikipedia, the free encyclopedia
Giorgi Papava (1993-yil 16-fevralda tugʻilgan) – gruziyalik futbolchi. U yarim himoyachi va „Paxtakor“ va Gruziya milliy futbol jamoasida oʻynagan[1][2].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Giorgi Papava | ||
Tavallud sanasi | 16-fevral 1993-yil | ||
Tavallud joyi | Tbilisi, Gruziya | ||
Boʻyi | 1.86 m (6 ft 1 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | AGMK | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2004—2011 | Dinamo Tbilisi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2011—2015 | Dinamo Tbilisi | 47 | (0) |
2012 | → Dinamo-2 Tbilisi (loan) | 11 | (1) |
2015 | Nea Salamis | 13 | (0) |
2015—2017 | Dila Gori | 32 | (0) |
2018—2019 | Rustavi | 34 | (1) |
2019—2022 | Dinamo Tbilisi | 100 | (5) |
2022 | AGMK | 13 | (1) |
2023 | Paxtakor | 3 | (0) |
2023 | FC Gagra | 11 | (0) |
2024— | AGMK | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2011—2012 | Georgia U-19 | 5 | (0) |
2013—2014 | Georgia U-21 | 11 | (0) |
2014- | Georgia | 3 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (31-iyul 2022-yil uchun) |
Papava futbolchilik faoliyatini Tbilisining „Dinamo“ klubida boshlagan. 2011-yilda u asosiy jamoa tarkibiga qabul qilingan. 2012-yilning 19-fevralida u Gruziya birinchi ligasida „Metalurgi Rustavi“ jamoasiga qarshi safar oʻyinida 2:0 hisobida gʻalaba qozongan holda debyut qildi. 2012/2013-yilgi mavsumda u „Dinamo“ bilan chempionlik va Gruziya kubogini qoʻlga kiritgan xolda oltin dublga erishdi. 2013/2014-yilgi mavsumda u yana dublga erishdi, 2014/2015-yilgi mavsumda esa ikkinchi oʻrin va mamlakat kubogi sohibiga aylandi.
2015-yil boshida Papava Kiprning Nea Salamina Famagusta klubiga qoʻshildi. U 2015-yilning 31-yanvarida oʻz maydonida APOEL FC jamoasiga qarshi oʻyinda (0:1) debyut qilgan. U Nea Salaminada yarim yil oʻynadi.
2015-yilning yozida Papava Gruziyaga qaytdi va Dila Gori klubi futbolchisiga aylandi. U 2015-yilning 14-avgustida „Kolxeti 1913 Poti“ ga qarshi oʻz uyida 2:0 hisobida debyut qilgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.