From Wikipedia, the free encyclopedia
Gilam —badiiy toʻqimachilik buyumi; uy jihozi. Gilamchilik mahsuloti. Polga toʻshash, devorga osish, xonani bezash, isitish, tovushni pasaytirishga xizmat qiladi. Qoʻlda gorizontal yoki vertikal dastgoxlarda jun, ipak, kanop, paxta va boshqa iplardan toʻqiladi. Toʻqilishiga koʻra gilamning patli va patsiz (palos), bezagiga koʻra naqshli va mavzuli turlari farqlanadi. Naqshli gilam mujassamoti handasiy yoki oʻsimliksimon bezaklar, turli xil belgi-ramzlardan iborat, ayniqsa, islimiy mujassamotlar nihoyatda goʻzal; mavzuli mujassamotlarda ov manzaralari, gullagan bogʻlar aks etadi. Yaratilishiga koʻra, toʻqima (guli toʻqiladigan), tikma (guli tikiladigan), bosma (guli boʻyab bosiladigan) turlari bor. Naqsh mujassamoti (handasiy, islimiy, girih va b.) va unda markaziy maydon bilan hoshiyasi orasidagi nisbat, sifati (patli yoki patsizligi, patining uzun-qisqaligi), boʻyogʻi, ranglar uygʻunligi, xom ashyosi, hajmi gilamning badiiy qimmatini belgilaydi.
Qoʻlda va korxonalarda mashinada toʻqiladigan Markaziy Osiyo, Moldova, Rossiya, Ruminiya va boshqa gilamlari keng tarqalgan (qarang Gilamchilik sanoati). Ijro usuli, sifati va mujassamotining murakkabligi bilan qoʻlda toʻqilgan gilamlar betakrordir.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.