From Wikipedia, the free encyclopedia
„Gʻuzor“ stadioni — „Shoʻrtan Gʻuzor“ klubining asosiy stadioni.
Joyi | G'uzor, Oʻzbekiston |
---|---|
Qachon qurilgan | 1975-yil |
Qachon ochilgan | 1975, 1994-yil |
Qachon taʼmirlangan | 2008—2010-yillar |
Egasi | Shoʻrtan futbol klubi |
Operator | Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi |
Yuzasi | tabiiy chim, grass |
Hajmi | 7.000 (futbol) |
Maydon oʻlchami | 112m x 72m |
Maydon egalari | |
Shoʻrtan futbol klubi |
1994-yilda tashkil etilganidan buyon Gʻuzor stadioni Oʻzbekiston futbol jamoasi „Shoʻrtan Gʻuzor“ klubining yagona uy stadioni boʻlib kelgan.
Dastlab dizayni boʻyicha koʻplab sport turlariga moslashtirilgan. Gʻuzor stadioni keyinchalik ta'mirlash ishlaridan so'ng to'liq futbol maydoniga aylantirilgan. Yangi tribunalar asosan yengil atletika yoʻlakchasiga joylashgan[1].
2004-yilda Gʻuzorning „Shoʻrtan“ jamoasi Oʻzbekiston Pro ligasi (sobiq Birinchi liga) chempioni boʻlgan va Oʻzbekiston futbolining yuqori ligasi, Oʻzbekiston Superligasiga (sobiq Oliy liga) yo'llanma olgan.
Oʻshandan beri Gʻuzor stadioni 7000 tomoshabinga moʻljallangan boʻlsa-da, Oʻzbekistondagi yaxshi futbol tomosha qiladigan stadionlardan biri hisoblanadi[2].
2022-yil holatiga koʻra[3], „Gʻuzor“ stadioni futbol oʻyinlari uchun rasmiy sigʻimi 7000 kishiga moʻljallangan[4][5][6].
Shoʻrtan klubi 2011-yil OFK kubogida qatnashgan vaqtida Gʻuzor stadioni Shoʻrtan jamoaning uy uchrashuvlariga mezbonlik qilgan. Stadionda yuqori darajadagi 3 uchrashuv oʻtkazilgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.