From Wikipedia, the free encyclopedia
Bahrom Vafoev nomli stadion — Muborak shahrida joylashgan, 10 000 muxlisga moʻljallangan futbol oʻyingohi. Ushbu oʻyingohda Mashʻal futbol klubi uy oʻyinlarini oʻtkazadi.[1]
Toʻliq nomi | Bahrom Vafoev nomli stadion |
---|---|
Joyi | Muborak, Oʻzbekiston |
Qachon qurilgan | 1980-yillari |
Qachon ochilgan | 1980-yil |
Egasi | Mashʼal futbol klubi |
Operator | Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi |
Yuzasi | tabiiy chim, grass |
Hajmi | 10.000 (futbol) |
Maydon oʻlchami | 112m x 72m |
Maydon egalari | |
Mashʼal futbol klubi |
2012-yil mart oyidagi koʻrinishi[sayt ishlamaydi]
Bahrom Vafoyev nomidagi stadion. Bu mahalliy „Mash’al“ futbol klubining uy arenasi. 10 ming tomoshabinga moʻljallangan. 1980-yillarning boshlarida qurilgan va ochilgan. Keyingi yillarda u bir necha bor rekonstruksiya qilindi. „Mash’al“ futbol klubi asoschisi, klub tashkil topgan yillarda, yaʼni 1980-yillar boshida Muborakdagi korxonalardan biriga rahbarlik qilgan Baxrom Vafoyev nomi bilan atalgan.
10000 tomoshabinga moʻljallangan. Jami 8ta sektordan iborat. Lekin bugungi kunda 7500 nafar tomoshabin uchun oʻrindiq bor. Shuningdek nogironlar uchun ham alohida joy ajratilgan. CIP va VIP lojalar ham mavjud. Stadion hududida 4ta tabiiy, 4ta sunʼiy maydon mavjud boʻlib, ularning hajmi turlicha. Akademiya tarbiyalanuvchilari ham shu yerda mashgʻulot oʻtkazadi. Qish faslida tabiiy maydonlar yopiladi. Shunda hamma sunʼiy maydondan foydalanadi. 1-2-maydonlar rasmiy oʻyinlarni oʻtkazishga toʻla javob beradi. Futbolchilarni kiynish xonasi bilan issiq va sovuq, hammasi mavjud. Ishqibozlar toʻrtta xududdan kira oladi. Avtoulovlar uchun ham maxsus joy qilingan. Buni ichida yuqorida aytib oʻtganimdek 8ta maydon mavjud, 1 ta sport zal bor.[2][3][4]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.