From Wikipedia, the free encyclopedia
Gʻarbiy Virjiniya — Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Poytaxti - Charleston shahri. AQSh ittifogʻiga 21 avgust 1959 yilda kirgan, undan oldin - Virginia.
| |||||
---|---|---|---|---|---|
Shtat | |||||
| |||||
Shtat laqabi: | |||||
Mamlakat | AQSh | ||||
Poytaxt | Charleston | ||||
Eng yirik shaharlar | Charleston Huntington Parkersburg | ||||
Maydon • Butun |
AQSh: 41-oʻrinda 62,755 km² | ||||
Aholi • Butun (2021) |
AQSh: 37-oʻrinda 1,816,856 | ||||
YIM |
AQSh: 41-oʻrinda $49,454 million | ||||
Ittifoqqa kirish • Sana |
35-boʻlib 20 iyun 1863 | ||||
Vaqt | UTC-5 (EST) | ||||
Qisqartma | WI [55] | ||||
Shtat guli | Rhododendron (Rhododendron maximum) | ||||
Shtat daraxti | Sugar Maple (Acer saccharum) |
AQShning sharqiy qismidagi shtat. Maydon 62,7 ming km2. Aholisi 1,8 mln. kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Charlston sh. Yer yuzasi sharkdan (eng baland joyi 1481 m) gʻarbga, Ogayo daryosi vodiysiga pasayib boruvchi (250–300 m) platodan iborat. Iklimi moʻʼtadil, iliq va sernam. Yanvarning temperaturasi — 1° dan 5° gacha, iyul-niki 23—25°. Yillik yogʻin 900–1250 mm. Yirik toshkoʻmir konlari bor. Shuningdek, neft, tabiiy gaz, tuz, qurilish materiallari qazib olinadi. Sanoatining yetakchi tarmogʻi — qora metallurgiya, koks kimyosi. Alyu-miniy sanoati rivojlangan. Kimyoviy tolalar, plastmassa, sintetik kauchuk ishlab chiqariladi. Gʻarbiy Virjiniyaa ishlab chiqariladigan elektr energiyasi boshqa shtatlarga ham uzatiladi. Qishloq xoʻjaligi, asosan, shahar aholisini oziqovqat mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirishga xizmat qiladi. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — chorvachilik. Appalachi vodiysida bogʻlar barpo qilingan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.